Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-02-24 16:43:55    92

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yil 23 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy video murojaat e’lon qilindi.

Murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidan murojaat qilyapmiz. Fermermiz. O’tgan yili fermer xo‘jaligimizga 18,5 ming so‘mdan majburan kartoshka sotishdi. Muzlatkichdan saqlangan ekan. Olib kelishimiz bilan chiriy boshladi. Biz ham noiloj yana muzlatkichga qo‘ydik. O’tgan bir necha oy ichida 3 tonna kartoshkadan atigi 500 kilosi sog‘ qoldi. Fermerlarga majburan kartoshka sotish mumkinmi? Fermer o‘zi xohlagan joydan, xohlagan narxda olishi kerak emasmi?” – deya shikoyat qilingan.

O’zining kimligini oshkor qilishni istamagan fuqaroning yuqoridagi murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Murojaatchi o‘z shikoyatida yolg‘on ma’lumot bergan va asl xolatni bo‘rttirib ko‘rsatgan. Chunki, 2021 yil hosili uchun g‘alladan bo‘shagan maydonlarga, tumandagi fermer xo‘jaliklariga jami 100 gektar maydonlarga kartoshka ekinlari ekish rejalashtirilgan edi. Shu maqsadda Qo‘shtepa tumanidagi 120 nafar fermer xo‘jaliklariga o‘rtacha har bir kilogrammi uchun 11 ming so‘mdan, 300 kg dan 2000 kg gacha bo‘lgan miqdorda urug‘lik kartoshkalari tarqatilgan.

O’z navbatida fermer xo‘jaligi rahbarlari ham kartoshka urug‘ini “muzlatgichga qo‘yib saqlash” o‘rniga bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga ekib, maqsadli foydalanishgan va takroriy ekindan qo‘shimcha daromad olishgan. 

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram