Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O’TKAZILDI

×

 2022-02-24 15:33:59    73

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimligi va “Farg‘ona suv ta’minoti” Axborot xizmati rahbarlari bilan hamkorlikda “Qo‘shtepa tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshiralayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda viloyatimizdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari, boshqarmalarning axborot xizmatlari rahbarlari hamda blogerlar, shuningdek, tumandagi mas’ul idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.




Ishtirokchilar matbuot anjumanida Qo‘shtepa tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bahromjon Qurbonov hamda “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ Qo‘shtepa tumani bo‘limi boshlig‘i Oybekjon Komilovlar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordilar. Tadbir davomida qatnashchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar olishdi. 





Shuningdek, jurnalist va blogerlar uchun press-tur ham tashkil etildi. Ular Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tgan 2021 yilda “Obod qishloq” dasturiga asosan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, Murabbiylar ko‘chasi hududida joylashgan markaziy suv inshooti ta’mirlandi. Murabbiylar va Oqbilol ko‘chalaridagi 2 dona tik ichimlik suvi qudug‘i ham ta’mirlanib, 1 dona yangi suv minorasi, 2 dona yangi suv nasosi, 2 dona ikkinchi bosim kuchaytruvchi nasos o‘rnatildi. 1 dona suvni tozalash uskunasi, 1 dona suvni xlorlash binosi qurib jixozlangan bo‘lsa, Murabbiylar, Ishchilar, Ko‘klam, Obod, Farg‘ona, Dehqonobod, Oqbilol ko‘chalariga 8,5 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.

Tadbir ishtirokchilari press-tur davomida Qo‘shtepa tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan Istiqbol mahallasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar va o‘zaro fikr almashdilar. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram