Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
#SPORT
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/dce6cf84f498ac83729f1.jpg)
2022-02-22 21:27:05 101
![](https://telegra.ph/file/dce6cf84f498ac83729f1.jpg)
Viloyat hokimining “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan ayollar o‘rtasida sportning sportcha yurish “Tez yurish” bo‘yicha viloyat hokimi kubogi musoboqasini o‘tkazish to‘g‘risidagi 44/01-49 sonli topshirig‘iga asosan Qo‘shtepa tumanidagi 22 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida ushbu musoboqaning birinchi bosqichi o‘tkazildi.
![](https://telegra.ph/file/c8464e81c7ef5d548269c.jpg)
Ushbu sport tadbirida 660 nafar xotin-qizlar ishtirok etdilar. Musoboqada faol qatnashgan yoshi ulug‘ ayollar tuman Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.