Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ICHIMLIK SUVI TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA

×

 2022-02-18 11:08:28    118

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida 2021 yilda “Obod qishloq” dasturiga asosan Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2 dona tik ichimlik suvi qudug‘ini rekonstruktsiya qilish va 2 dona yangi suv nasosi, 1 dona yangi suv minorasi o‘rnatish, 1 dona mavjud suv minorasini ta’mirlash, 10,1 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari rejalashtirilgan edi. Ushbu ishlar quruvchi tashkilot “Zaman Bulding” MChJ tomonidan olib borilib, mahalladagi 536 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida esa 2 dona tik ichimlik suvi qudug‘ini rekonstruktsiya qilish va 3 dona yangi suv nasosi, 1 dona yangi suv minorasi o‘rnatish, 1 dona mavjud ikkinchi suv ko‘tarish nasos stantsiyasini rekonstruktsiya qilish, 8 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari rejalashtirilgan edi. Quruvchi tashkilot “Vodiy Chashmasi” MChJ tomonidan rejalashtirilgan barcha ishlar yakuniga yetkazilib, 8,5 km tarmoq tortish ishlari bajarildi. Natijada mahalladagi 430 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Shuningdek, o‘tgan yili investittsiya dasturiga asosasan Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 1 dona tik ichimlik suvi qudug‘i qazish va 1 dona suv nasosi, 1 dona yangi suv minorasi o‘ratish, 4.6 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari rejalashtirilgan edi. Quruvchi tashkilot “Yangi Avlod MChJ” tomonidan 7.3 km tarmoq tortish ishlari bajarildi va 400 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi.



Tumanda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida Balandmasjid mahalla fuqarolar yig‘ini Norin ko‘chasidagi 330 metr, Rovvot ko‘chasidagi 330 metr, Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini Chinortepa ko‘chasidagi 120 metr, Qoraqushchi mahalla fuqarolar yig‘ini Hamkor ko‘chasidagi 500 metr, Soybo‘yi mahalla fuqarolar yig‘ini Soyyoqasi ko‘chasidagi 160 metr uzoq muddat ishlatilib eskirgan ichimlik suvi tarmoqlari o‘rniga jami 1440 metr yangi ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, 140 dan ziyod aholi xonadonlarida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. Qolaversa, ichimlik suvi yetkazib berishdagi uzilishlar bartaraf etildi.

Balandmasjid mahalla fuqarolar yig‘ini Ko‘prikboshi ko‘chasiga 370 metr, Kattabeshkapa mahalla fuqarolar yig‘ini Zakovat ko‘chasidagi yangi cheklarga 1100 metr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. 120 ta aholi xonadonlari ilk bor markzlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘ini Elobod ko‘chasidagi uzoq vaqtdan buyon foydalanilmay kelinayotgan ichimlik suvi tarmog‘ini shu ko‘chadagi mavjud foydalanishdagi ichimlik suvi tarmog‘iga 35 metr,  Shakar mahalla fuqarolar yig‘ini Musaffo ko‘chasiga 100 metr, Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini Sadaf ko‘chasiga 200 metr, Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘ini Nurxon ko‘chasiga 300 metr jami 2225 metr yangi tormoq tortilib, 250 dan ortiq aholi xonadonlarini uzoq masofadan ichimlik suvi tashib foydalanishlariga barham berildi. 



Mumtoz mahalla fuqarolar yig‘ini Nuroniylar ko‘chasiga 400 metr, Eshonguzar mahalla fuqarolar yig‘ini yangi cheklarga 200 metr yangi ichimlik suvi tarmog‘lari yetkazib berildi. Tumanimizda qayta ta’mirlab foydalanishga yaroqsiz xolatga kelib qolgan suv nasoslari o‘rniga 7 dona yangi suv nasoslari o‘rnatildi.

Qo‘shtepa tumanidagi barcha mahallalarda suv ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash maqsadida 2022 yilda ham “Obod qishloq dasturiga asosan Langar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida markaziy suv inshootini rekonstruktsiya qilish va 15 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilgan.  

Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 1 dona yangi tik ichimlik suvi qudug‘i qazish, 1 dona yangi suv minorasi o‘rnatish, 1 dona mavjud tik ichimlik suvi qudug‘i va suv minorasini ta’mirlash, 16 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari bajariladi.

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi hisobidan Fayz, Kichikbeshkapa, Shomirza, Paxtakor, G’ishtmon mahallalari hududlarida 2 dona yangi tik ichimlik suvi qudug‘i qazish, 2 dona tik ichimlik suvi qudug‘ini ta’mirlash, 5 dona yangi suv minorasi va suv nasosi o‘rnatish, 5 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram