Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AJRIMGA QARSHI KURASH OYLIGI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-02-17 13:01:16    212

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oilalar mustahkamligi va barqarorligini ta’minlash, erta va noqonuniy nikohlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida kun davomida 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 5 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda davra suhbatlari, 11 ta yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, 9 ta yarashtirish tadbirlari o‘tkazilib, 3 ta oila yarashtirildi. 6 ta oilaga muddat berildi.

Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini Iftixor ko‘chasi, 47-uyda yashovchi Tojiboyevlar oilasini yarashtirish uchun har ikkala tomon bilan mahalla faollari va otinoyi ishtirokida bir necha bor tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu tadbirlar natijasida ularning oilasi yarashtirildi. Noqonuniy nikoh asosida yashayotgan 1 ta oilaning nikohi esa FXDYo ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘ini, Karvon ko‘chasida 2016 yildan buyon shariy nikoh asosida oila qurib yashab kelayotgan O.O’ va G.S.lar bir necha bor olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng nikohlarini rasmiylashtirdilar.



Namuna, Qorajiyda, Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘inlarida tuman Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi vakillari, “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi”, mahalla targ‘ibot guruhi a’zolari, mahalla oqsoqollari va faollari, dasturxonchilar, otinoyilar ishtirokida oilalarda ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oilalar mustahkamligi va barqarorligini ta’minlash, erta va noqonuniy nikohlar, oilaviy ajrimlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda keng jamoatchilikni oldida turgan vazifalar yuzasidan davra suhbatlari o‘tkazildi.

Muloqot davomida hududlardagi mavjud xolat va muammolar taxlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan hamkorlikdagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

        Ushbu tadbirlar boshqa mahallalarda ham davom ettirilib, muammoli xonadonlarda suhbatlar o‘tkazilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram