Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 205 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-02-16 20:28:58    121

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Fayz, Yangi ariq va Qo‘rg‘oncha mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi. Mas’ul rahbarlarga hokim yordamchisi va yoshlar vakili ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan xonalarni zamonaviy orgtexnika vositalari va mebel jihozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 28-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya-gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tadbirkor D.Murodov tomonidan Yangi ariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan tikuvchilik hamda tadbirkor M.Topvoldiyev tomonidan Qo‘rg‘oncha mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkid etilgan sutni qayta ishlash tsexlari faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tadbirkorlarga faoliyatlarini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan o‘zining tegishli takliflarini berdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram