Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YANGI O’ZBEKISTON YOSHLARI KELAJAK POYDEVORI”

×

 2022-02-16 20:17:21    163

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yoshlar o‘rtasida “Yangi O’zbekiston yoshlari kelajak poydevori” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.




Tuman hokimligi, Sharqiy harbiy okrugi harbiy qismlari hamda Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari F.Qosimov, tuman hokimi I.Novikov,  DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xatamov va sektor rahbarlari va nuroniylar ishtirok etishdi.




Tadbir davomida “Salomatlik sari 5000 qadam” yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida badantarbiya mashqlari, mini futbol, voleybol, stol tennisi, arqon tortish, tosh ko‘tarish, kamondan o‘q otish, havoli quroldan o‘q otish, milliy kurash, shaxmat-shashka, “Osh tayyorlash” ko‘rik tanlovi, IT yo‘nalishida “kibersport” bellashuvi, “Zakovat” intelektual o‘yini hamda “Bir nuroniyga o‘n nafar yosh” loyihasi doirasida nuroniy va yoshlar uchrashuvi kabi 15 turdagi ma’naviy-ma’rifiy bellashuvlar va sport musoboqalari bo‘lib o‘tdi. 




Tadbir so‘ngida g‘oliblar homiylar tomonidan esdalik sovg‘lari bilan taqdirlandilar. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram