Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 231 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AJRIMGA QARSHI KURASH OYLIGI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-02-15 22:16:57    384

PDF yuklash
Chop etish



Oila jamiyatimiz asosi, u davlat va jamiyat himoyasidadir. Keyingi yillarda muqaddas qo‘rg‘onlarga bepisandlik oqibatidan oilaviy ajrimlar oshib boryaptiki, bu albatta tashvishlanarli holdir. Eng achinarlisi, bir-ikki, hatto undan ham ko‘p zurriyotlarni aro yo‘lga tashlab, ajrim yo‘lini tutayotganlarga befarq qarab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham viloyat hokimi erta nikoh, oilaviy ajrimlarning oldini olish, nomurosa oilalarni yarashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Unda fevral ajrimlarga qarshi kurash oyligi deb belgilandi.

Ushbu oylik davomida Qo‘shtepa tumanida ijtimoiy ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni bartaraf etish, oilalar mustahkamligi va barqarorligini ta’minlashda mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi”, mahalla targ‘ibotchilar guruhi, imom xatiblar, otinoyilar, mahalla oqsoqollari, dasturxonchilar hamda keng jamoatchilik oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan barcha mahallalarda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.




Davra suhbatlarida faollar bilan birgalikda tuman hokimining xotin- qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinova, tuman IIB boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Vaxapova va xotin-qizlar jamoatchilik kengashi vakillari ishtirok etmoqdalar.

 Suhbat chog‘ida mahalladagi salbiy xolatlar, sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, oilaviy ajrimlar, nomurosa oilalardagi xolatlar tahlil qilinmoqda. Shuningdek, har kuni ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish ishlari olib borilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram