Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-02-08 17:18:47    104

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yil 7 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy video murojaat e’lon qilindi.

Murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Baland Masjid MFYda 50 yilga berilgan bog‘ni katta bir rahbarning qudasi ariq-zovurlarga qo‘shib beton devor bilan o‘rab oldi. Bu holat qonuniymi?” – deya shikoyat qilingan.

Ushbu murojaat tuman hokimligi va shu sohaga daxldor mutaxassislar tomonidan mavjud arxiv xujjatlari asosida joyida o‘rganilganda quydagilar aniqlandi.

Mazkur murojaat Qo‘shtepa tumani “Sarmazor Eshonguzar” massivi hududidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 9310 va  9307-sonli konturlarida joylashgan bo‘lib, 9310-sonli konturning umumiy yer maydoni 5,43 gektardan iborat ekanligi, shundan 4,4 gektar qismini tomorqa yerlari, 0,22 gektar qismini suv osti yerlari, 0,01 gektar qismini yo‘llar ko‘cha va maydonlar tashkil etishi hamda 9307-konturning umumiy yer maydoni 3,42 gektardan iborat ekanligi, shundan 1,65 gektar qismini bog‘lar, 1,34 gektar qismini tokzorlar, 0,32 gektar qismini suv ostidagi yerlar, 0,11 gektar qismini yo‘llar tashkil etishi aniqlandi.

Video lavxada ko‘rsatilgan yer maydoni Qo‘shtepa tuman hokimining 18.12.2015 yildagi 1095-sonli qarori bilan “Sarmazor Eshonguzar” MMTP hududidagi “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinovga bog‘dorchilik yo‘nalishida uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida foydalanish uchun ajratib berilgan.

O’z navbatida, tuman hokimligi hamda “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi (rahbari R.Mo‘ydinov) o‘rtasida uzoq muddatli ijara shartnomasi rasmiylashtirilib, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Mazkur murojaatni o‘rganish davomida “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinov tomonidan bog‘ maydonining atrofi o‘zboshimchalik bilan mukammal devor to‘siq bilan o‘ralib, axoli hamda fermer xo‘jaligi o‘rtasidagi mavjud mahalliy yo‘l temir to‘siqlar bilan to‘sib olinganligi, shuningdek, vakolatli organlarning ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonining 88 kv.m qismiga bino-inshootlar qurib olinganligi aniqlandi.

Bu bilan “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinov tomonidan O’zbekiston Respublikasi YEr kodeksining 32 va 91-moddalari talablari buzilganligi sababli, Kadastr agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinovga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, MjtKning 68-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun shu kunning o‘zida ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

Bundan tashqari, “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinov tomonidan o‘zboshimchalik bilan fermer xo‘jaligi yer maydonining atrofi mukammal devor to‘siq bilan o‘ralib buning natijasida axoli hamda fermer xo‘jaligi o‘rtasidagi mavjud mahalliy yo‘l temir to‘siqlar bilan to‘sib olinganligi, shuningdek, vakolatli organlarning ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonining 88 kv.m qismiga qurilgan bino-inshootlarni 5 kun muddatda o‘z hisobidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etish haqida Kadastr agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan 07.02.2022 yilda 048-sonli ogohlantirish xati yuborilib nazoratga olindi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram