Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 207 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-02-05 21:02:04    111

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun tuman hokimining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va mutaxassislari hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida tumanda ijro intizomini mustahkamlash, murojaatlar bilan manzilli ishlash va ularni ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga tuman hokimligi hamda korxona va tashkilotlarda ijro intizomini mustahkamlash hamda har-bir murojaat bilan manzilli ishlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi Ilyos Novikov ishtirok etdi. Mehnat yarmarkasida 70 dan ziyod korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sube’ktlari 680 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, yarmarkada ishtirok etgan ish izlovchi fuqarolarning 86 nafariga doimiy ishga joylashishlari uchun tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan yo‘llanmalar berildi.

Tuman hokimi Shakar va Ko‘prikboshi mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga hokim yordamchisi va yoshlar vakili ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan xonalarni zamonaviy orgtexnika vositalari va mebel jixozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman hokimi Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 18-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman rahbari tadbirkor Jaloliddin Karimov tomonidan Shakar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan charam poyabzal ishlab chiqarish hamda tadbirkor Adxamjon Axmatjonov tomonidan Shakar mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan baxmal matolari to‘qish tsexlari faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlarga eksportni yo‘lga qo‘yish, faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.



Shuningdek, tomorqasida biogomus mahsuloti tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan Shakar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi Zamiraxon Soliyeva xonadonida bo‘lib, tadbirkorning ish faoliyati bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga ushbu sohani aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman hokimi fermer xo‘jaliklari tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekin maydonlarini sharbat usulida sug‘orish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, “Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida g‘alla o‘rim kombaynlari hamda OVXlarni mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram