Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 204 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-02-02 19:45:25    110

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Sarmozor va Quvurboshi mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga hokim yordamchisi va yoshlar vakili ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan xonalarni zamonaviy orgtexnika vositalari va mebel jixozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 50-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 96-sonli qishloq oilaviy polikilinikasida bo‘lgan tuman hokimi muassasada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Sarmozor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Sardor RRS” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan tadbirkorga eksportni yo‘lga qo‘yish, faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.



Farg‘ona viloyati prokurori B.Ismoilov rahbarligida O’qchi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Mahallabay” ishlash tizimi orqali aholi muammolarini hal etish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, hududda kichik biznes hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Viloyat prokurori tomonidan mahallabay ishlashda birinchi navbatda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda hokim yordamchilarini faollik ko‘rsatishlari yuzasidan tegishli takliflar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram