Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVBATDAGI SESSIYA BO’LIB O’TDI

×

 2022-01-27 22:42:20    89

PDF yuklash
Chop etish









Bugun tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining 50-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 























Sessiyada sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman Kengashi deputatlari, tashkilotlar, idora va korxonalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishini Qo‘shtepa tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov olib bordi.

Sessiya kun tartibiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvar kungi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2021-yil davomida sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tumani sudi, Marg‘ilon tumanlararo fuqarolik va iqtisodiy sudlar raislarining fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati borasida 2021-yil mobaynidagi faoliyatlari yakunlari yuzasidan axborotlari to‘g‘risida, Qo‘shtepa tumani prokurori F.Ismoilovning “2021-yilning 12 oyida qonuniylik axvoli hamda jinoyatchilikka qarshi kurash holati to‘g‘risida”gi hisoboti, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S.Abdullayevning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish” sohasida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2021-yil 12 oyida olib borilgan ishlar to‘g‘risida”gi va boshqa bir qator masalalar kiritildi.























Sessiya davomida mazkur masalalar yuzasidan tegishli idoralar rahbarlarining axborotlari tinglandi.




Sessiya ishida Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi  boshlig‘i S.Toshboltayevning “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2022-yildagi ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi axborot hisoboti ham eshitildi.









Qo‘shtepa tumani mahalliy byudjetining 2021-yilgi ijrosi hamda tuman mahalliy byudjetida 2022-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish yuzasidan tuman Moliya bo‘limi mudiri I.Akbarovning hisoboti ham tinglandi. Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashi hamda doimiy komissiyalarning 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejalari tasdiqlandi.
















Shuningdek, tumandagi 31, 43-umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni tasdiqlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.









Axmadjonov Boburjon Erkinjonovich Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri etib saylandi.

Sessiya davomida muzokara uchun so‘z olganlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Shuningdek, ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va sessiya o‘z ishini yakunladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram