Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-01-27 09:40:12    89

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov kunlik ish rejasiga asosan Katta beshkapa hamda Kichik beshkapa mahalla fuqarolar yig‘inlarida hokim yordamchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi. Mas’ul rahbarlarga hokim yordamchisi va yoshlar vakili ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan xonalarni zamonaviy orgtexnika vositalari va mebel jixozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Qoraqushchi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Bejirim poyabzal” oilaviy korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan o‘zining tegishli takliflarini berdi.



10-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti filialida bo‘lgan tuman hokimi muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.



Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Beshkapa” qishloq vrachlik punktida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman hokimi tuman markazida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Mas’ullarga markazda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Fermer xo‘jaliklari tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekin maydonlarini sharbat usulida sug‘orish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram