Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-01-24 20:16:41    96

PDF yuklash
Chop etish



Tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikovning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Qabulda tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 5 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko‘tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Langar, Shodlik, Qorakaltak mahalla fuqarolar yig‘inlarida hokim yordamchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga hokim yordamchisi va yoshlar vakili ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan xonalarni zamonaviy orgtexnika vositalari va mebel jixozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Langar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “UNIFORM PLUS” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.

8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti filialida bo‘lgan tuman hokimi muassasada bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan o‘zining tegishli ko‘rsatmalarini berdi.


Tuman hokimi Shodlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan tuman Axborot kutubxona markazida bo‘lib, markaz faoliyati hamda aholiga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Mutasaddi rahbarlarga aholini kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va kutubxonaga keng jalb qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram