Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-01-22 23:15:01    82

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yil 21 yanvar kuni “Kun.uz” saytining rasmiy telegram kanalida “Oilamning uch a’zosini tuproqqa qo‘ydim. To‘rtinchisiga kelganda chiday olmayapman...” sarlavhali video murojaat e’lon qilindi.

Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi Saodat Mamajonova: - “O’g‘lim Iqboljonni Hindistonga olib borib, operatsiya qildirish kerak. Buning uchun mablag‘imiz yetmayapti. O’z singlisi jigarini berishga rozi bo‘lgan. Oilaning uch a’zosini tuproqqa qo‘ydim. To‘rtinchisiga kelganda chiday olmayapman. O’limdan chiqmadi boshimiz...” – deya murojaat qilgan va saxovatli insonlardan o‘g‘lining tuzalib ketishida yordam berishlarini so‘ragan.

Iqboljon Ergashev Qo‘shtepa tumani, O’rta O’qchi mahalla fuqarolar yig‘ini Shukrona ko‘chasi, 39-uyda yashaydi. Biz ham eng avvalo Iqboljon Ergashevga Allohdan shifo so‘rab, tez orada oyoqqa turib, bolalarining orzu havasini ko‘rishini tilaymiz.   

8 yildan buyon jigar tsirrozi kasalligi bilan kurashib kelayotgan Iqboljon Ergashevga tuman hokimligi va xomiylar tomonidan muntazam ravishda yordam ko‘rsatilmoqda.

Iqboljon Ergashevga mahalla hududidagi homiylar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari berilgan. Ularning oilaviy sharoitlari inobatga olinib, turmush o‘rtog‘i Xurshidaxon Boltaboyeva  2020 yil 4 avgust kuni O’rta O’qchi mahalla fuqarolar yig‘inining 12-sonli buyrug‘i bilan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish lavozimiga jamoatchilik asosida ishga joylashtirilgan.

Shuningdek, Iqboljon Ergashevning oilasiga 2021 yil fevral oyidan buyon 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar nafaqasi tayinlanib, to‘lab kelinmoqda.

Qo‘shtepa tumani Mahalla jamoat fondi tomonidan 2021 yil dekabr oyida 400 000 (turt yuz ming) so‘m bir martalik moddiy yordam berilgan.

2021 yil dekabr oyida tashabbuskor homiylar tomonidan ajratilgan 1.000.000 (bir million) so‘m va tumandagi “Muborak” jom’e masjidi tomonidan 9.000.000 (to‘qqiz million) so‘m miqdorida pul mablag‘i berilgan. Bundan tashqari, ushbu mahallaning Shukrona ko‘chasida yashovchi aholi va hududdagi sahovatpesha fuqarolar tomonidan ham beminnat yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.  


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram