Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT
2022-01-22 20:36:54 229
Joriy yil 20 yanvar kuni “Kusherbayevga murojaat” telegram messenjeri orqali Qo‘shtepa tumanidan tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.
Murojaatda: – “Sizga Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani, Qirg‘izobod qishlog‘idan murojaat qilmoqdaman.
Qishlog‘imiz tumanning eng chekka xududida joylashgan bo‘lib, maxallamizdagi bolalar bog‘chasi 1990 yillarda xashar yo‘li bilan qurilgan.
Bundan 4 yil oldin muhtaram Prezidentimizga, viloyat va tuman hokimiga murojaat qilish orqali bog‘chani filial maqomidan aloxida maktabgacha ta’lim tashkiloti maqomiga erishilgan.
Shundan so‘ng tuman, viloyat xatto Respublikadan ishchi guruhi kelib bog‘chaning yaroqsiz holga kelganligiga xulosa qilishib, YaNGI zamonaviy bog‘cha qurilishini ta’kidlab ketishgan.
Mana 4 yildirki xech qanday o‘zgarish yo‘q. 2019 yil dasturiga kirdi, 2020 yilga, 2021 yilga mana endi 2022 yil yanvardan, fevraldan xozir mart oyidan deyishmoqda.
Shu masalaga rahbarlarning e’tibor qaratishiga yordam bering” – deya shikoyat qilingan.
Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Qo‘shtepa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti Qo‘shtepa tumani Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini Nayman ko‘chasida joylashgan.
Ta’lim tashkiloti binosi 1990-yilda xom g‘ishtdan qurilgan. Bino turi moslashtirilgan bo‘lib, 90 o‘ringa mo‘ljallangan. Ta’lim tashkilotida 39-nafar xodim faoliyat olib boradi. Binoning hozirgi kundagi holati ta’mir talab.
Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida
3-7 yoshdagi bolalar soni 450 nafarni tashkil etadi. Shundan, 135-nafari
25-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga va 75 nafari ushbu mahalla hududida joylashgan 3 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.
Ta’lim tashkiloti 1990 yildan 2001-yilga qadar “Navbahor” nomli bolalar bog‘chasi sifatida faoliyat ko‘rsatgan, 2001 yildan 2016 yilga qadar faoliyati to‘xtatilgan. 2016-yildan 2019-yil may oyiga qadar Qo‘shtepa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 24-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti filiali sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Ta’lim tashkiloti binosiga 2018 yil yakunida tuman hokimining farmoyishi asosida 47 mln so‘m mablag‘ evaziga issiqlik tizimi yangidan tortilgan va ikkita isitish qozonlari o‘rnatilgan. Shuningdek, 2019 yilda ta’lim tashkilotida yetishtirilgan mevalardan kelib tushgan mablag‘lar evaziga bino kosmetik ta’mirlangan.
Hozirgi kunda “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injinering kompaniyasi” DUK Farg‘ona viloyati filiali tomonidan loyiha va smeta hujjatlari tayyorlanib, Davlat ekspertizasidan o‘tkazilmoqda.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.