Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-01-19 19:08:33    70

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov rahbarligida tuman hokimligi bo‘lim boshliqlari va mutaxassislari hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida ijro intizomini mustahkamlash, murojaatlar bilan manzilli ishlash va ularni ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mas’ul rahbarlarga tuman hokimligi hamda korxona va tashkilotlarda ijro intizomini mustahkamlash hamda har bir murojaat bilan manzilli ishlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Sohibkor, Soy bo‘yi, Oqtepa, Yo‘ldoshobod va Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inlarida hokim yordamchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi. Mas’ul rahbarlarga hokim yordamchisi va yoshlar vakili ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan xonalarni zamonaviy orgtexnika vositalari va mebel jixozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Soy bo‘yi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida xususiy sherikchilik asosida tashkil etilayotgan “Aziz bolajon diyori” nomli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan tadbirkorga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga qabul qilish yuzasidan tegishli takliflar berildi.

Qamishtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Hunarmandlar markazi” faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan tadbirkorga faoliyatini kengaytirish, eksportni yo‘lga qo‘yish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.



Tuman hokimi Xumdon mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan “Istiqbol” kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, bu yerda yangi tashkil etilayotgan sanoat korxonalari loyihalarini qisqa muddatlarda ishga tushirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



Shuningdek, Xumdon mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Farg‘ona nasilli parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan ham tanishildi. Tuman hokimi tomonidan tadbirkorga faoliyatini kengaytirish, parranda bosh sonini oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholini arzon va sifatli tuxum va parranda go‘shti bilan ta’minlash yuzasidan tegishli takliflar berildi.

Tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekin maydonlarini sharbat usulida sug‘orish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram