Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-01-18 19:25:38    86

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikovning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda turli muammo va takliflar bilan kelgan 61 nafar fuqarolar moddiy yordam ajratish, ish bilan ta’minlash, elektr va suv ta’minoti, bank, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, kadastr va shu kabi muammolar bilan qatnashdilar. Tuman hokimi tomonidan qabul jarayonida har bir murojaatga alohida e’tibor berilib, ushbu murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga muddatlar belgilangan holda tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga hokim yordamchisi va yoshlar vakili ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan xonalarni zamonaviy orgtexnika vositalari va mebel jixozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Vodiy nasilli quyonlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.



Tuman rahbari 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti filialida bo‘lib, muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat maxsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman hokimi Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Grapes and garden investment” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga bog‘ qator oralaridan samarali foydalanish maqsadida asosiy turdagi oziq-ovqat maxsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.

Tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekin maydonlarini sharbat usulida sug‘orish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram