Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-01-17 19:20:04    114

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov rahbarligida tumanda yoshlar bilan ishlash, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida “Yoshlar dasturi”da belgilangan vazifalarni bajarilishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan dastur ijrosini belgilangan tartibda sifatli bajarish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hokimning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida “Ayollar daftari”ning 3-bosqichini shakillantirish bo‘yicha tumanda olib borilayotgan xatlov ishlari muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan mas’ullarga xatlov ishlarini belgilangan muddatda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga hokim yordamchisi va yoshlar vakili ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan xonalarni zamonaviy orgtexnika vositalari va mebel jixozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Obod qishloq” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ham o‘rganildi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman mahalliy byudjed mablag‘lari hisobidan mukammal ta’mirdan chiqarilgan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 33-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini foydalanishga topshirish yuzasidan tadbir o‘tkazildi. Tadbirni tuman hokimi ochib, Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasiga berilayotgan e’tiborlari natijasida so‘ngi besh yil davomida ko‘plab ta’lim muassasalari qayta ta’mirlanayotganligi hamda yangi zamonaviy binolar qurib bitkazilayotganligini ta’kidlab, hudud aholisini yangi bino bilan tabrikladi.

Tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekin maydonlarini sharbat usulida sug‘orish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram