Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-01-15 19:47:13    82

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun mutasaddi rahbarlar ishtirokida tuman markazida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Tuman rahbari tomonidan mas’ullarga markazda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga hokim yordamchisi va yoshlar vakili ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan xonalarni zamonaviy orgtexnika vositalari va mebel jixozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Obod qishloq” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi “Do‘rmon” shifokor xizmat uyida olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari bilan tanishgan tuman hokimi mas’ul rahbarlarga qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan tartib asosida bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan fermer xo‘jaliklari tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekin maydonlarini sharbat usulida sug‘orish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram