Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

14 YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI

×

 2022-01-13 13:51:59    29

PDF yuklash
Chop etish



Yurtimizda Vatan himoyasi kabi ulug‘vor ishga o‘zini bag‘ishlagan harbiylarimiz katta hurmat va e’zoz bilan qadrlanib, har yili “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” keng nishonlanadi.

Bu kabi e’tibor va e’tirof mas’uliyatli kasb egalarining Vatan oldidagi xizmatlarini yuqori baholanishini namoyon etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ham kuch-quvvat, shijoat va albatta sadoqat bag‘ishlaydi.

Albatta, Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch hisoblanadi. Bu burchni ado etishda yurtimizning himoyachilari bo‘lgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan halqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda olib borayotgan xizmatini munosib baholash hamda ularga zarur shart-sharoit yaratish masalalari ham davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Armiya va xalq – bir tanu bir jon!” degan olijanob g‘oya va amaliy harakat barcha bo‘g‘indagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashkilotlari, ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda. Bu esa Vatan himoyasi chindan ham barchamizning nafaqat vazifamiz, balki sharafli burchimizga aylanib borayotganidan yaqqol dalolat beradi” deb aytgan gaplarida ham Qurolli Kuchlarimizning xalq bilan har qachongidan ham yaqinligini anglashimiz mumkin.

Muqaddas islom dinida “Ikki ko‘z egasini do‘zax otashi kuydirmas: biri – Allohning azobidan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z, ikkinchisi – Alloh yo‘lida poyloqchilik qilib bedor bo‘lgan ko‘z” (Imom Termiziy rivoyati) deb rivoyat qilingan Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadislaridan ham shuni anglash mumkinki, Vatan himoyasi yo‘lida olib borilayotgan har qanday xizmat savobli amallar qatoriga kiradi.

Muxtasar qilib aytganda, tinchlik bor joyga bayramlar yarashadi, shuning uchun jannatmakon diyorimizda ushbu tinchlikni ta’minlab kelayotgan harbiy xizmatchilarni yana bir bor ushbu bayram bilan muborakbod etib, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va albatta mas’uliyatli xizmatlarida kuch-quvvat tilab qolamiz.

A.AXMADALIYEV,

Qo‘shtepa tumani bosh imom xatibi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram