Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NOGIRONLIK ARAVACHASI BERILDI

×

 2022-01-10 13:45:11    103

PDF yuklash
Chop etish



Katta boltako‘l mahalla fuqarolar yig‘ini, Ariq boshi ko‘chasi, 2-uyda yashovchi Salimaxon Ahmedova bundan besh yil oldin suyak yemirilishi kasalligiga chalingan edi. Ushbu kasallik tufayli Salimaxon Ahmedova to‘shakka mixlanib qoldi, hozirda yura olmaydi. U tuman hokimi Ilyos Novikovga murojaat qilib o‘zining vaziyatini tushuntirdi hamda nogironlik aravachasi zarur ekanligini bildirdi. 



Bugun ushbu murojaatga ko‘ra tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Axrorjon Yunusov hamda tuman hokimi o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Z.Komilovlar ishtirokida Salimaxon Ahmedovaga nogironlik aravachasi, oziq-ovqat mahsulotlari  topshirildi.

Bemor va ijtimoiy himoyaga muxtoj insonlarning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida tashkil etilayotgan tadbirlarda Farg‘ona viloyati Nogironlar assotsiatsiyasi qoshidagi “Nabilloxon Ma’murxon To‘rayevlar” unitar korxonasi Qo‘shtepa tumani filiali ham yaqindan hamkorlik qilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram