Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-01-07 10:16:50    100

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yil 4-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Eshonguzar MFY Saodat ko‘chasi 5-uy yonidagi eski simyog‘och qattiq shamol bo‘lsa qulashi mumkin. Biron kor-hol bo‘lmasdan, yangi beton ustunga almashtirib berishlarini so‘raymiz” – deya shikoyat qilingan. 

Ushbu murojaat yuzasidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilganida, fuqaro tomonidan elektr tarmoqlari muhofaza maydoniga o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurib olganligi hamda simyog‘ochning beton tayanch va yog‘och qismi oralig‘iga pona qoqib qiyshaytirganligi aniqlandi. 




Tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan qiyshaygan simyog‘och to‘g‘rilanib, boshqa joyga ko‘chirib berildi hamda bunday holat takrorlanmasligi uchun mahalla hududida tushuntirish ishlari olib borildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram