Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“AYOLLAR DAFTARI” TIZIMINING 3-BOSQICHINI SHAKILLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHTEPA TUMANIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

×

 2022-01-06 19:19:28    83

PDF yuklash
Chop etish



“Ayollar daftari” tizimining 3-bosqichini shakillantirish va uni ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qo‘shtepa tumanida amalga oshirilayotgan ishlar Farg‘ona viloyat shtabi rahbari, O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi rais o‘rinbosari K.Qirg‘izaliyev, shtab rahbarining o‘rinbosari, viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi T.Tojiyeva hamda boshqa mas’ul xodimlar tomonidan o‘rganildi.

Tuman shtabida, 1-sektor shtabi hamda sektor a’zolari o‘rtasidagi belgilangan vazifalar taqsimoti, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyida o‘rganilib kerakli uslubiy tavsiyalar berildi.




Shuningdek, mahalla ishchi guruhi faoliyati tumandagi qator mahallalar, xususan, Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini misolida tanlov asosida o‘rganildi.

Me’yoriy xujjatlarning yuritilishi, anketa so‘rovnomalarning to‘ldirilishi, o‘rganilgan xonadonlarni mahalla ba’zasiga kiritilishi, mas’ullarning “Ayollar daftari” tizimining 3-bosqichi talablari va tartiblaridan xabardorligi yuzasidan suhbat o‘tkazilib, tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram