Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 209 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI HOKIMI ILYOSBEK NOVIKOVNING YANGI YIL TABRIGI

×

 2021-12-31 12:52:26    205

PDF yuklash
Chop etish



Hurmatli qo‘shtepaliklar!

Qadrli do‘stlar!

Jonajon Vatanimizga Yangi – 2022 yil kirib kelmoqda.

Fursatdan foydalanib, butun tumanimiz ahlini ushbu qutlug‘ ayyom – kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman!

Xalqimizning turmush darajasi yaxshilanib bormoqda. Tumanda joriy yilda ko‘plab ijtimoiy soha ob’ektlarining qad rostlashi, sanoatning jadal suratlar bilan kirib kelayotganligi, tadbirkorlik faoliyatining yanada avj olayotganligi buning yorqin misolidir. Yil davomida tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlanishi, turli sohalarda investitson dasturlarning hayotga tadbiq etilishi natijasida tumanda sezilarli investitson muhit yaratildi. 

Yangi yilda ham ulkan ezgu ishlarni birgalikda davom ettiramiz. Ko‘zda tutilgan ushbu ishlarning barcha-barchasi, hech shubhasizki, o‘zining mantiqiy yakuniga yetkaziladi, ko‘zlangan maqsadga erishiladi.

Ishonamanki, Yangi — 2022 yilda ham o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan maqsad hamda rejalardan og‘ishmasdan diyorimizni yanada obod va ko‘rkam qilish yo‘lida samarali mehnat qilamiz. Tadbirkorlik va xususiy mulkni qo‘llab-quvvatlash ishlarini davom ettiramiz. Ehtiyojmand oilalar va yordamga muhtoj insonlarni himoya qilishga, aholi daromadlarini oshirishga e’tiborni yanada kuchaytiramiz. Xonadonlarimiz farishtasi bo‘lgan nuroniy otaxon va onaxonlar, opa-singillarimiz va yoshlarimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish doimo bosh vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.

Aziz va muhtaram do‘stlar!

Xalqimizning barcha orzu-niyatlari ushalsin!

2022 yil hammamizga qutlug‘ kelsin!

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram