Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 185 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-12-27 20:18:07    106

PDF yuklash
Chop etish



Kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida I.Novikovning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Qabulda tumanimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 5 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko‘tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.



23-umumta’lim maktabida sportning “Chim ustidagi xokkey” turi bo‘yicha respublikada yuqori o‘rinni egallagan sportchi qizlari hamda ularning murabbiylarini taqdirlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etishib, sportchi qizlar va ularning murabbiylarga tuman hokimligining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi “O’zbekiston” shifokor xizmat uyida mahalliy byudjed mablag‘lari hisobidan olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan tartib asosida bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Yoshlar markazida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, ularni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda sektor rahbarlari ishtirok etishdi. 



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabr kungi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 56-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda “Yangi yil” bayrami munosabati bilan “Temir daftar”ga kiritilgan 30 ta oilalarga Davlatimiz rahbarining bayram tabriknomalari, 800000 so‘mdan bir martalik moddiy yordam pullari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.



Tuman hokimi hamda sektor rahbarlari “Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida chigit ekish seyalkalari va tishli boronalarni mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimligida mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida aholining mol-mulk soliqlaridan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholining mol-mulk soliqlaridan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda tuman aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram