Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-12-24 20:14:33    74

PDF yuklash
Chop etish




Bugun tuman hokimligida Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov rahbarligida, hokim o‘rinbosarlari hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabr kungi “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash hamda Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 737-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlarga ushbu qarorga asosan tumanda uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni manzilli ro‘yxatini shakillantirish hamda ularga ajratilayotgan subsidiyalarni qaror talabidan kelib chiqib bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, tuman hokimining Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida 6 nafar fuqarolar 7 ta masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish hamda natijalari yuzasidan tegishli tartibda javob xatlari yuborilishi yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.



1-umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan muloqot o‘tkazilib, qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



 “Jahon banki” tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar hisobidan Qizilariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi aholini yashash tarzi hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan bank vakillari, mas’ul korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirokida muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga ajratilayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatilishi hamda rejalashtirilgan loyihalarni sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini shakillantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya-gigiyena qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Qayilma” shifokor xizmat uyida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan  tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimligida mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida aholining mol-mulk soliqlaridan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholining mol-mulk soliqlaridan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda tuman aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram