Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 183 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RAG’BAT

×

 2021-12-23 19:40:01    122

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida “Yoshlar oyligi” doirasida tumanda o‘tkazilgan sport musoboqalari hamda ma’naviy-ma’rifiy tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarni taqdirlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. 



Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida takidlab o‘tdi. 




Tadbir davomida tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilgan musobaqa va tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir qator iqtidorli yoshlarga tuman hokimligining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram