Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 191 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarga MUNOSABAT

×

 2021-12-22 21:51:50    175

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil 21 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e’lon qilindi.

Murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidan murojaat yo‘llayapmiz. Baland masjid va Eshonguzar MFYlarida joylashgan fermer xo‘jaliklariga shartnoma asosida 50 yilga bog‘ berilgan. Fermerlar bog‘lar atrofini beton to‘siqlar bilan o‘rab oldi. Eng qizig‘i, bog‘larga qo‘shib, mahalla ko‘chasini ham qo‘shib o‘rab olishdi. Kadastr idorasi holatni o‘rganib chiqishini so‘raymiz” – deya shikoyat qilingan.

Ushbu tanqidiy murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Qo‘shtepa tuman bo‘limi boshlig‘i R.Axmadaliyev quyidagilarni ma’lum qiladi: 

– "Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan tanqidiy murojaat Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Qo‘shtepa tuman bo‘limi mutaxassilari tomonidan mavjud arxiv xujjatlari asosida joyida o‘rganilganida quydagilar aniqlandi.

Qo‘shtepa tumani Sarmazor Eshonguzar massivi hududidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 9310 va 9307-sonli konturlarida joylashgan bo‘lib, 9310-sonli konturning umumiy yer maydoni 5,43 gektardan iborat ekanligi, shundan 4,4 gektar qismini tomorqa yerlar, 0,22 gektar qismini suv osti yerlari, 0,01 gektar qismini yo‘llar, 0,8 gektar qismini ijtimoiy xovli, ko‘cha va maydonlar tashkil etishi hamda 9307-konturning umumiy yer maydoni 3,42 gektardan iborat ekanligi, shundan 1,65 gektar qismini bog‘lar, 1,34 gektar qismini tokzorlar, 0,32 gektar qismini suv ostidagi yerlar, 0,11 gektar qismini yo‘llar tashkil etishi aniqlandi.Murojaatda ko‘rsatilgan yer maydoni Qo‘shtepa tumani hokimining 18.12.2015 yildagi 1095-sonli qarori bilan “Sarmazor Eshonguzar” MMTP hududidagi “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinovga bog‘dorchilik yo‘nalishida uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida foydalanish uchun ajratib berilgan.

O‘z navbatida, tuman hokimligi hamda “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi (rahbari R.Mo‘ydinov) o‘rtasida uzoq muddatli ijara shartnomasi rasmiylashtirilib, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi ma’lum bo‘ldi.Murojaatni o‘rganish davomida “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinov tomonidan bog‘ maydonining atrofi o‘zboshimchalik bilan mukammal devor to‘siq bilan o‘ralib, aholi hamda fermer xo‘jaligi o‘rtasidagi mavjud mahalliy yo‘l temir to‘siqlar bilan to‘sib olinganligi, shuningdek, vakolatli organlarning ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonining 88 kv.m qismiga bino-inshootlar qurib olinganligi aniqlandi.Bu bilan, “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 32 va 91-moddalari talablari buzilgan.Shu sababli, Kadastr agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinovga nisbatan 22.12.2021 yilda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, MJtKning 68-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun shu kunning o‘zida ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

Bundan tashqari, “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinov tomonidan o‘zboshimchalik bilan fermer xo‘jaligi yer maydonining atrofi mukammal devor to‘siq bilan o‘ralib buning natijasida axoli hamda fermer xo‘jaligi o‘rtasidagi mavjud mahalliy yo‘l temir to‘siqlar bilan to‘sib olinganligi, shuningdek, vakolatli organlarning ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonining 88 kv.m qismiga qurilgan bino-inshootlarni majburiy tartibda buzdirish haqida Kadastr agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan 22.12.2021 yilda Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilganligini ma’lum qilaman.

Shuningdek, murojaatda uy-joy qurish uchun fundament quyilganligi aks etgan foto surat Qo‘shtepa tumani Sarmazor Eshonguzar massivi hududidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 9310-sonli konturida joylashgan bo‘lib, tomorqa yerlar toifasiga mansubligi hamda sobiq Oxunboboyev rayoni M.Umarov nomli xo‘jaligining 23.11.1996 yildagi 28-sonli qaroriga asosan fuqaro Soliyev Gʻayratjon Muxtorovichga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi”.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.