Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 199 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-12-22 19:20:17    134

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 49-umumta’lim maktabida bo‘ldi. Muassasada tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashib, qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.


26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini shakillantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya-gigiyena qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 85-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tadbirkor M.Sobirov tomonidan Eshonguzar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan plastik eshik va romlar ishlab chiqarish syexi faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.

Tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilot va korxona hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan kuzgi agrotexnika tadbirlarining bajarilishi, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, ariq va zovurlarni tozalash hamda sho‘r yuvish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan fermer xo‘jaliklari hamda mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tuman hokimligida mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida aholining mol-mulk soliqlaridan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga yuqoridagi masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.