Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2021-12-22 14:51:12 228
“Harbiy vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Sharqiy harbiy okrugiga qarashli 48982 harbiy qism, Sharqiy harbiy okrug targ‘ibot guruhi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida qism harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishi namoyish etildi. Tadbirga tashrif buyurgan yoshlar qurol-aslahalar, harbiy texnikalar bilan bevosita tanishdilar.
Shuningdek, madaniyat xodimlari tomonidan harbiy vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar taqdim etildi.
Tadbir davomida “Biz Vatanparvarmiz” mavzusida davra suhbati ham o‘tkazilib, o‘quvchilar harbiy texnikalarning jangovar imkoniyatlari va boshqa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.