Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 145 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-12-20 19:13:47    124

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 14-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini shakillantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya-gigiyena qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “G’ishtmon” qishloq vrachlik punktida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Qo‘shtepa tumanida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan “Jahon taraqqiyot banki” mablag‘lari hisobidan Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholini suvi bilan ta’minlash maqsadida yangi suv qudug‘i hamda suv minorasi o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan suv qudug‘i hamda suv minorasi o‘rnatish uchun har tomonlama qulay yer maydoni tanlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



 “Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida chigit ekish seyalkalari va tishli boronalarni mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishgan tuman rahbari tomonidan mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimligida mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida aholining mol-mulk soliqlaridan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholining mol-mulk soliqlaridan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda tuman aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram