Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMINING “AHOLIGA MUROJAATI"

×

 2021-12-17 21:04:35    221

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida 2021 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va 2022 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tuman hokimi Novikov Ilyos Valeriyevichning

MUROJAATNOMASI

  Assalomu alaykum, hurmatli deputatlar, sessiya qatnashchilari!

Sizlarga tumanimizda 2021 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va 2022 yilda rejalashtirilgan asosiy vazifalar va parametrlar, shuningdek hududlarni rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqqan holda 2022 yil uchun belgilab olingan asosiy vazifalar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan murojaatnomasi taqdim etilmoqda.

Alohida ta’kidlash lozimki, ushbu tadbir hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbuslari bilan tashkil etilib, mahalliy hokimiyatni, barcha davlat idoralarini halqimiz oldida hisobdorligini, mas’uliyatni oshirish bilan birga joriy yilda amalga oshirilgan ishlarni tahlili va kelgusi 2022 yilda tumanimizni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida ustuvor yo‘nalish va vazifalarni belgilab olish maqsadlarini o‘z ichiga olgan.

  Xususan, joriy yilda turli sohalarda rejalashtirilgan islohotlarni amalga oshirish bilan birga muxtoj qatlamni ijtimoiy himoya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida sezilarli, samarali tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ldi.

  Koronavirus pandemiyasi yurtimizga, halqimizga katta talofat yetkazmasligi uchun davlatimiz rahbari tomonidan barcha resurslar, moddiy boyliklar, bor imkoniyatlar safarbar qilindi.

Ta’kidlash joizki, muhtaram Prezidentimizning “Pandemiya sharoitida yashash va ishlashga o‘rganishimiz kerak” degan fikrlari bizga dasturul amal bo‘ldi.


  Hurmatli deputatlar, sessiya qatnashchilari!

Endi ruxsat bersalaring joriy yilda erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kelgusi yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan barcha yo‘nalishlardagi raqamlar bilan sizlarni tanishtirib o‘tsam.


Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari

Joriy “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da kutilayotgan parametrlar quyidagichadir:

Yil yakuni bilan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarida barcha sohalarda o‘sishga erishilishi kutilmoqda.  Jumladan;

- Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 923,1 mlrd.so‘mga

(121,4 %) yoki aholi jon boshiga 4,683 mln so‘mga to‘g‘ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 3,6 foizga yetishi;

- Xizmatlar hajmi 330,0 mlrd.so‘mga (118,8 %) yoki aholi jon boshiga 1,674 mln so‘mga to‘g‘ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 2,1 foizga yetishi;

- Chakana savdo hajmi 198,6 mlrd.so‘mga (102,9 %) yoki aholi jon boshiga 1,008 mln so‘mga to‘g‘ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 1,2 foizga yetishi;

- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 trln 265,3 mlrd.so‘mga

(106,1 %) yoki aholi jon boshiga 11,493 mln so‘mga to‘g‘ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 8,3 foizga yetishi;

- Qurilish ishlari hajmi 249,9 mlrd.so‘mga (116,1 %) yoki aholi jon boshiga 1,268 mln so‘mga to‘g‘ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 3,6 foizga yetishi kutilmoqda.


Investisiya loyihalari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4-5 fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilab bergan topshiriqlari ijrosi to‘g‘risidagi 7-sonli yig‘ilish bayonining 20-ilovasiga asosan Qo‘shtepa tumanida 2021-2022 yillarda 44 ta investisiya loyihalar kiritilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 237,3 mlrd so‘m, shundan o‘z mablag‘i 214,6 mlrd  so‘m, bank krediti 13,1 mlrd so‘m, xorjiy kredit liniya 0,58 mln.AQSH dollar, xorijiy investisiya 0,3 mln. AQSH dollar mablag‘lari hisobiga 1100 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi tasdiqlangan.

2021 yilda 34 ta loyihalar amalga oshirilishi va buning natijasida 187,9 mlrd so‘m shundan, 166,5 mlrd so‘m o‘z mablag‘i, 11,8 mlrd so‘m bank kredit, 579 ming AQSH dollar xorijiy kredit liniya, 300 ming AQSH dollar xorijiy investisiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi natijasida 880 ta ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. 

2021 yil yanvar-dekabr oylarida jami 32 ta investisiya loyihalari amalga oshirildi. Ushbu investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun jami 183,140 mlrd so‘m, shundan o‘z mablag‘i 163,8 mlrd so‘m, bank krediti  10,7 mlrd so‘m, xorjiy kredit liniya 494 ming AQSH dollar, xorijiy investisiya 300 ming AQSH dollar mablag‘ sarflandi. Investisiya loyihalarini ishga tushirilishi natijasida 734 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ushbu loyihalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

1. Sanoat yo‘nalishida – jami 15 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 52,3 mlrd so‘m, shundan tashabbuskor o‘z mablag‘i 51,3 mlrd so‘m, bank krediti 1,0 mlrd so‘m,) hisobiga 469 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Xozirgi kunda sanaot yo‘nalishida 15 ta loyiha amalga oshirildi. Ushbu investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun jami 52,2 mlrd so‘m, shundan o‘z mablag‘i 52,250 mlrd so‘m, bank krediti  990 mln so‘m mablag‘lari o‘zlashtirildi. Investisiya loyihalarini ishga tushirilishi natijasida 447 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.  

Misol uchun: "Asl Duxoba Baxmal" MCHJ tomonidan Baxmal ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish loyihasi amalga oshirilgan,  korxona yiliga 30 ming metr bahmal ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, loyiha amalga oshirilishi natijasida jami 3,3 mlrd so‘m investisiya mablag‘lari o‘zlashtirildi va  30 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

 2. Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida – jami 10 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 100 mlrd so‘m, shundan tashabbuskor o‘z mablag‘i  86,2 mlrd so‘m, bank krediti 8,5 mlrd so‘m, xorijiy kredit liniya 189 ming AQSH dollar, xorijiy investisiya 300 ming AQSH dollar) mablag‘ hisobiga  266 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.    

Xozirgi kunda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 10 ta loyiha amalga oshirildi. Ushbu investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun jami

97,8 mlrd so‘m, shundan o‘z mablag‘i 84,7 mlrd so‘m, bank krediti  7,7 mlrd  so‘m, xorjiy kredit liniya 104 ming AQSH dollar, 300 ming AQSH dollar mablag‘lari o‘zlashtirildi. Investisiya loyihalarini ishga tushirilishi natijasida 201 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.     

Misol uchun: "Vodiy Naslli quyonlari" agrofirmasi tomonidan Naslli quyonchilik faoliyatini kengaytirish loyihasi amalga oshirilgan, loyiha amalga oshirilishi natijasida jami 9 mlrd so‘m, shundan 3 mlrd so‘m o‘z mablag‘i, 6 mlrd so‘m bank kredit mablag‘lari o‘zlashtirildi va 11 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

3. Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida – jami 9 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 35,7 mlrd so‘m, shundan tashabbuskor o‘z mablag‘i 29,1 mlrd  so‘m, bank krediti 2,3 mlrd  so‘m, xorijiy kredit liniya 390 ming AQSH dollar) hisobiga 145 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Xozirgi kunda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 7 ta loyiha amalga oshirildi. Ushbu investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun jami

33,6 mlrd so‘m, shundan tashabbuskor o‘z mablag‘i 33,5 mlrd so‘m, bank krediti 2 mlrd so‘m, xorijiy kredit liniya 390 ming AQSH dollar  mablag‘lari o‘zlashtirildi. Investisiya loyihalarini ishga tushirilishi natijasida 87 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

19,9 mlrd so‘m, shundan tashabbuskor o‘z mablag‘i 13,6 mlrd so‘m, bank krediti 2 mlrd so‘m, xorijiy kredit liniya 390 ming AQSH dollar  mablag‘lari o‘zlashtirildi. Investisiya loyihalarini ishga tushirilishi natijasida 53 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Misol uchun, Loyson MFY hududida "Qo‘shtepa tuman O‘simliklar klinikasi" MCHJ tomonidan O‘simliklar klinikasini tashkil etish loyihasi amalga oshirilgan, loyiha amalga oshirilishi natijasida jami 1,5 mlrd so‘m mablag‘lari o‘zlashtirilishi natijasida 25 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Yuqoridagilardan tashqari Qiyqi MFY hududida yashovchi fuqaro Noruzoqov Xaliljon tomonidan qiymati 52,5 mlrd. so‘m (shundan,

21,0 mlrd. so‘m tashabbuskor mablag‘lari va 3,0 mln. dollar horijiy investisiya mablag‘lari) bo‘lgan xususiy klinika loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida birinchi navbatda

80 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bundan tashqari mazkur klinikada kardialogiya, bolalar shifokori va yurak kasalliklari yuzasidan jarroxlik amaliyoti joriy etiladi.

Bundan tashqari Toshkent-O‘sh yo‘nalishidagi A-373-yo‘lining Qo‘shtepa tumanidan o‘tuvchi 363-kmning yo‘l bo‘yidagi unumdorligi past bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari hamda qishloq xo‘jaligi tarkibidan chiqariladigan 7 ta konturdagi 5,4 gektar yer maydonlarida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida kelgusi 2022 yilda 45 ta loyihalarda jami 18,5 mlrd so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilishi natijasida 200 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishiga hamda tumanda yuqori saviyada xizmat ko‘rsatilishiga erishilishi bo‘yicha o‘z oldimizga maqsad qilib olganmiz.


Eksport bo‘yicha

2021 yil uchun jami 17,4 mln. AQSH dollari miqdorida eksport prognoz rejasi belgilangan.

Shundan:

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari– 8,9 mln. AQSH dollar;

Sanoat mahsulotlari – 8,4 mln AQSH dollarni tashkil etadi.

Amalda 40,2 mln. AQSH dollar miqdorida eksport amalga oshirilib, yillik rejaga nisbatan 230,5 %ga bajarildi.

Shundan:

Qishloq ho‘jaligi mahsulotlari – 6,8 mln. AQSH dollar yoki rejaga nisbatan 75,1%.

Sanoat mahsulotlari –33,4 mln. AQSH dollar yoki rejaga nisbatan 396,4%.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,1 mln. AQSH dollar ko‘p eksport amalga oshirilmoqda. (2020 yil o‘tgan davrida 15,1 mln. AQSH dollar amalga oshirilgan).


Xorijiy investisiyalar jalb etilishi

Qo‘shtepa tumanida 2021 yil uchun xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha belgilangan rejaga muvofiq yanvar-dekabr oylarida 15 mln. AQSH dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kreditlar o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

2021 yil yanvar-dekabr oylarida  8 ta korxona tomonidan 18,52 mln. AQSH dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kreditlar o‘zlashtirishi (rejaga nisbatan 123 %)  kutilmoqda.

Choraklar kesimida o‘zlashtirilish

2021 yil yanvar-iyun oylarida jami 9,375 mln. AQSH dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya mablag‘lari o‘zlashtirilgan.

2021 yil yanvar-sentyabr oylarida 12 mln. AQSH dollar reja belgilangan, amalda 12,13 mln. AQSH dollar, shundan asosiy kapital

12,06 mln AQSH dollar (rejaga nisbatan 101,1%) miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya mablag‘lari o‘zlashtirildi.

 2021 yil yanvar-dekabr oylarida jami 18,52 mln. AQSH dollar (rejaga nisbatan 123%) miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya mablag‘lari o‘zlashtiriladi.

Shu jumladan:

“Fergana Global textile” MCHJ Shveysariya davlati bilan hamkorlikda To‘qimachilik klasterini tashkil etish (hom-ashyo, bo‘yalgan mato, tayyor mahsulot) ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Jami loyixa qiymati

12,5 mln AQSH dollar, shundan 9 mln. AQSH dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Korxona tomonidan yanvar-iyun oylarida jami 9 mln. AQSH dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya mablag‘lari o‘zlashtirildi. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida 500 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bo‘sh turgan binolar bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil

13 avgustdagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 666-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumani idoralararo komissiyasi tomonidan olib borilgan xatlov natijasida jami 30 ta bo‘sh turgan ob’yektlar aniqlangan.

Qo‘shtepa tumani idoralaro komisiyasi va davlat soliq inspeksiyasining mustaqil o‘rganish natijalariga ko‘ra, 30 ta bo‘sh turgan ob’yektlar (umumiy yer maydoni 9670,0 kv.m) aniqlangan bo‘lib, ushbu ob’yektlar ishga tushirilishi natijasida tasdiqlangan tarmoq jadvallarga asosan 12,2 mlrd so‘m investisiya kiritish (o‘z mablag‘idan 10,8 mlrd.so‘m, bank krediti 1,4 mlrd.so‘m) hamda 342 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi beligilangan.

Tasdiqlangan tarmoq jadvallariga asosan 30 ta loyihalar ishga tushirilishi belgilangan bo‘lib, hozirda jami 28 ta loyihalar ishga tushirildi, qolgan 2 ta loyihalar joriy yilning yakuniga qadar to‘liq ishga tushirilishi belgilangan.

Mazkur 28 ta loyihalar ishga tushirilishi natijasida jami 1,5 mlrd. so‘m pul mablag‘lari sarflandi hamda 317 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Joriy yilning yakuniga qadar ishga tushirilishi belgilangan 2 ta ob’yektda hozirgi kunda yakuniy qurilish va jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

0,80 gektar kichik sanoat zonasi yer maydoniga "Target max" MCHJ tomonidan “Shurup va samorez ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish” loyihasini amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 22 mlrd so‘m, (shundan; 1,5 ming dollar xorijiy kredit )mablag‘lari o‘zlashtirilishi natijasida 45 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

3-sektor “Shomirza” KSZsining umumiy yer maydoni 1,0 gektar shundan ishlab chiqarish maydoni 0,7 gektardan iborat. Ushbu kichik sanoat zonasi 12 lotlarga ajratilib, 6 ta tadbirkor Ma’muriy kengash tomonidan o‘tkazilgan tender tanlovi orqali yutib olgan. Bo‘sh turgan 8 ta lotni (0,46 ga) e-auksion savdo maydonchasi orqali sotish uchun taklif berilgan.

Hozirgi kunda qiymati 1,8 mlrd so‘m bo‘lgan 2 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan qurilish ishlarini amalga oshirilmoqda.

2-4 sektor “Havasmand-Qorajiyda” YOSHLAR KSZsining umumiy yer maydoni 4,57 gektar shundan ishlab chiqarish maydoni 3,54 gektardan iborat “Yoshlar” KSZsi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu kichik sanoat zonasining yer maydonlari 37 ta lotlarga ajratilgan. Bugungi kunda mazkur KSZning

1,14 ga yer maydoniga 11 ta lotlarga umumiy qiymati 5,8 mlrd. so‘mlik 6 ta loyihalar joylashtirilib, buning natijasida 80 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda loyiha tashabbuskorlari tomonida qurilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan jami 1,140 mlrd. so‘m mablag‘ qurilish ishlariga sariflangan. Bo‘sh turgan 16 ta lotni (2,4ga) e-auksion savdo maydonchasi orqali sotish uchun taklif berilgan.


Tadbirkorlar uyi bo‘yicha

Tumanda tadbirkorlik sub’yektlarini muammo va takliflarini belgilangan tartibda hal etish maqsadida tuman Markazida, ya’ni Shodlik MFY, Baxmal ko‘chasi 7-uyda Tadbirkorlar uyi tashkil etilgan.

“Tadbirkorlar uyi”ning asosiy vazifalari etib:

- “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;

- aholini tadbirkorlik sohasida ilk ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish;

- tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini xorijiy davlatlarda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish;

- mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan texnologik uskunalarni xarid qilish bo‘yicha ma’lumot olishda ko‘maklashish;

- tadbirkorlik sohasidagi boshqa yo‘nalishlarda ko‘maklashishni o‘z oldimizga maqsad qilib olganmiz.

Tadbirkorlar uyida tumandagi tadbirkorlik sub’yektlariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi, Agro bank tuman filiali, Xalq banki tuman filiali, Davlat xizmatlari markazi, Qurilish bo‘limi, Kadastr agentligi, Elektr ta’minoti korxonasi, Gaz idorasi, “Farg‘ona suv ta’minot” MCHJ tuman filiali, Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi, “Hunarmandlar” uyushmasi tuman bo‘limining malakali mutaxassislari safarbar etilib, har bir soha va tashkilotlar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha samarali faoliyat olib bormoqda.

Tadbirkorlar uyiga bugungi kunga qadar tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 189 ta taklif va muammolar kelib tushgan. Bundan 114 ta

(60,3 %) muammo va takliflar ijobiy hal etilgan, 41 ta (21,7 %) muammoga tushuntirish berilgan, 34 ta (18,0 %) muammo va takliflar ijroga qaratilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.


“Obod qishloq” dasturi

"Obod qishloq" dasturini amalga oshirishni izchil davom ettirish orqali hududlarning yo‘l-transport infratuzilmasi, muxandislik-kommunikasiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini rivojlantirish va shu asosda aholining farovonligi, turmush darajasini yanada yuksaltirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2021 yil 2 apreldagi PQ-5048-sonli qarori hamda viloyat hokimining

2021 yil  14 apreldagi 142-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumani hokimining qarori ishlab chiqilgan bo‘lib, tumanda 2021 yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida 2 ta qishloq tanlab olingan. Mazkur dasturga muvofiq 1-sektor hududidagi Istiqbol hamda

4-sektor hududidagi Do‘rmon qishloqlari kiritilgan.

Ushbu qishloqlar va mahallalarda 1250 dan ziyod xonadonlar mavjud bo‘lib, ulardagi aholi soni 7561 nafarni tashkil qiladi.

Tumanda 2021 yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida jami

19,9 mlrd.so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Shundan, 8437,5 mln.so‘m Respublika byudjeti mablag‘lari,

9 039,5 mln. so‘m Mahalliy byudjet mablag‘lari, 612 mln.so‘m tarmoq korxonalari mablag‘lari, 1776,5 mln.so‘m tashabbuskor tadbirkorlar va aholi mablag‘lari hisobidan ajratilishi rejalashtirilgan.

“Istiqbol” MFY hududida joylashgan 4-maktab va 1-MTT binolarini mukammal ta’mirlash ishlari rejalashtirilib, tender tanlovlarida g‘olib deb topilgan “Mirza Saodat” XK va “Qurilish ashyo sifat” MCHJlar tomonidan qurilish montaj ishlari olib borildi.

Ichimlik suv qurilish-montaj ishlari bo‘yicha pudratchi tashkilot “Vodiy guliston” MCHJ tomonidan Istiqbol MFY Murabbiylar va Oqbilol ko‘chalaridagi tik ichimlik suvi qudug‘inlari ta’mirlandi, Oqbilol ko‘chasida 1 dona yangi suv minorasini o‘rnatildi, Murabbiylar, Dehqonobod, Farg‘ona, Ko‘klam, Ishchilar, Oqbilol, Obod, Meros ko‘chalariga 8 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish hamda shu ko‘chalarda yashovchi 350 ta xonadonlarni markaziy tarmoqqa ulab suv hisoblagichlar o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazildi.

Hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha pudratchi tashkilot Qo‘shtepa tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bo‘lib, 0,52 km ichki yo‘llar shag‘allash ishlari yakunlanib,  reja bo‘yicha 3,7 km asfalt yotqizish ishlari tugatildi.

Elektr ta’minoti bo‘yicha pudratchi tashkilot tuman elektr tarmoqlari korxonasi bo‘lib, 0,9 km 0,4 kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i tortilgan, 22 dona tayanch ustunlar o‘rnatilgan.

Mahalla hududida joylashgan 35 ta xonadonlarga suyultirilgan gaz ballonlar olib kelib berilgan.

“Do‘rmon” MFY hududida joylashgan 10-maktab, 7-MTT va QVP binolarini mukammal ta’mirlash ishlari rejalashtirilib, 10-maktab va 7-MTT binosini “Farg‘ona grand loyiha” MCHJ tomonidan, hamda QVP binosini “Farg‘ona kammunal loyiha” MCHJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, ekspertiza xulosalari olingan bo‘lib hozirda qurilish montaj ishlari yakunlandi.

Ichimlik suv qurilish-montaj bo‘yicha pudratchi tashkilot “Zaman Building” MCHJ tomonidan Do‘rmon va Ibrat ko‘chaslaridagi tik ichimlik suvi qudug‘lari ta’mirlandi,  Ibrat ko‘chasida 1 dona yangi suv minorasini o‘rnatildi, Do‘rmon ko‘chasidagi mavjud suv minorasini ta’mirlandi, Ibrat, Do‘rmon, Kichikbog‘, Ulug‘vor ko‘chalariga 10.1 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish hamda Do‘rmon, Ulug‘vor ko‘chasidagi xonadonlarni markaziy tarmoqqa ulab suv hisoblagichlar o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazildi.

Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha pudratchi tashkilot Qo‘shtepa tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 0,5 km ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari yakunlanib,  reja bo‘yicha 3,7 km asfalt yotqizish ishlari bajarilgan.

Elektr ta’minoti bo‘yicha pudratchi tashkilot tuman elektr tarmoqlari korxonasi 0,9 km 0,4 kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i tortilgan, 28 dona tayanch ustunlar va 1 dona 100 kVali TP o‘rnatilgan.

Mahalla hududida joylashgan 35 ta xonadonlar suyultirilgan gaz ballonlari bilan taminlandi.


Homiylik asosida Qizilariq MFY hududida 1 dona ichimlik suvi qudug‘i qazilib, 1 dona yangi suv minorasi o‘rnatildi.

Yo‘ldoshobod kichik sanoat zonasida 1 dona tik ichimlik suvi qudug‘i ta’mirlandi, 1 dona yangi suv minorasi va 1 dona yangi suv nasosi o‘rnatildi.

Shomirza kichik sanoat zonasida 1 dona tik ichimlik suvi qudug‘i ta’mirlandi, 1 dona yangi suv minorasi va 1 dona yangi suv nasosi o‘rnatilib, 0,5 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.

Farg‘ona suv ta’minoti MCHJ Qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan  Qoraqushchi, Kattabeshkapa, Balandmasjid, Qiyqi, Paxtakor, Quvirboshi MFYlar hududida 2750 metr yangi ichimlik suvi tarmog‘lari tortildi. Kattabeshkapa MFY, Yo‘ldashobod MFY, Xumdon MFY hudlaridagi suv nasolari o‘rniga 3 dona yangi suv nasoslari o‘rnatildi. Qoraqushchi MFY, Shakar MFY, Sarmozor MFY, Qumtepa MFY, Qorajiyda MFY, Solijonobod MFY hududlaridagi jami 11 ta suv nasoslari qayta ta’mirlab o‘rnatildi. Sarmozor MFY Sharq ko‘chasidagi suv nasosiga 1 dona yangi suv minorasi o‘rnatildi. Xumdon MFY hududidagi KNSni fikal haydovchi nasosi va boshqaruv shiti ta’mirlandi.


“Open byudjet” bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 sentyabrdagi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5250-sonli qarori ijrosini ta’minlash,

2021 yilda o‘tkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarda bayon etilgan o‘rinli va dolzarb muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, davlat byudjetini shakllantirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga aholini faol jalb etish maqsadida, 2021 yil davomida “Ochiq byudjet” axborot portalida Qo‘shtepa tumanidan  4857 fuqaro o‘z ovozlari bilan qatnashgan bo‘lib,

205 dona  takliflardan 6 dona takliflar g‘olib deb topilib, g‘olib deb topilgan takliflarni amalga oshirish qiymati 1620 mln. so‘mni tashkil etdi.

2021 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatga asosan 1 ta Xalq ta’limi sohasi (45-umumta’lim maktabi eskirgan eshik romlarini almashtirish uchun 200 mln. so‘m), 1 ta Bolalar-o‘smirlar sport maktabi (Sport zali pol qismi va sun’iy futbol maydonini ta’mirlash, sport anjomlari va sport kiyimlari xarid qilish uchun 200 mln. so‘m), 3 ta obodonlashtirish sohasi (Masjid va diniy muassasalarni ta’mirlash hamda qabristonlarni tartibga keltirish tadbirlari hamda ichki yo‘llarni ta’mirlashga 820 mln. so‘m) hamda 1 ta Maktabgacha ta’lim sohasi (Maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari uchun 400 mln.) bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.


Ijtimoiy soha ob’yektlarida investisiya dasturini bajarilishi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi “2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4936-sonli qaroriga asosan Qo‘shtepa tumanidagi 7 va 30-umumta’lim maktablarini rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan.

7-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish uchun tuman hokimining 2020 yil 18 yanvardagi 29-sonli qarori asosida ART hujjatlari tayyorlandi, “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tomonidan 330 o‘rinli maktab loyihasi tayyorlandi, dastur doirasida 4,6 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan “296-XKMK” MCHJ tomonidan 100 foiz ishlar bajarilib, to‘liq foydalanishga topshirildi.

30-umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish bo‘yicha Qo‘shtepa tuman hokimining 2020 yil 16 noyabrdagi №552 sonli qarori qabul qilingan, maktabni rekonstruksiya jarayonida maktab hududida yangi, zamon talablariga to‘liq javob beruvchi 240 o‘rinli o‘quv binosi, 50 o‘rinli oshxona hamda maktab xojatxonasi sanitariya normalariga javob bermasligi sababli uni buzib, yangi 10 o‘rinli xojatxona qurish ko‘zda tutilgan bo‘lib, xozirda qurilish montaj ishlari tugatilib foydalanishga topshirildi.


Shuningdek, qaror ijrosi bo‘yicha tuman bo‘yicha jami 11 ta kichik sig‘imli muzlatkichga ega bo‘lgan dala do‘konlari qurildi, shu jumladan Langar MFYda yashovchi tashabbuskor Yusupov Zaylobiddin, Yusupov Azizbek, Solijonobod MFYda yashovchi tashabbuskor Isaqov Botirjon tomonidan kichik sig‘imli muzlatkichga ega bo‘lgan dala do‘konlari qurib ishga tushirildi.

 

Hurmatli deputatlar, sessiya qatnashchilari!

Aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida joriy yilda 3 ta daftarlar doirasida ham sezilarli ishlar amalga oshirildi.

“Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”

Tumanimiz bo‘yicha dastlab jami 2774 ta oila (11511 nafar oila a’zosi) “Temir daftar”ga kiritilgan. Ushbu oilalardan 2615 ta oila (10936 nafar oila a’zosi) moddiy ahvoli yaxshilanib, bandligi ta’minlanganligi tufayli tuman kengashi qaroriga asosan “Temir daftar”dan chiqarilgan. (94.3%)

Bugungi kunda “Temir daftar”da 159 ta oila (575 nafar oila a’zosi) mavjud.

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rni topishida yetarli shart-sharoitlar yaratish borasida bugungi kunda tumanda “Yoshlar daftari”ni shakllantirish uchun 35215 ta xonadonlarda yashovchi 38216 nafar yoshlar bilan so‘rovnomalar o‘tkazildi.

So‘rovnoma natijalariga asosan jami 4921 nafar yoshlar “Yoshlar daftariga kiritil”di. Hozirda ushbu yoshlarning 4972 nafariga turli yo‘nalishlarda yordam ko‘rsatilib, Yoshlar daftari platformasidan chiqarildi.

Xususan:

- “Yoshlar daftari”dagi 302 nafar yoshlarga jami 532 mln so‘mlik mehnat qurollari xarid qilindi va yoshlarning bandligini taminlashga erishildi

- 51 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruvi rezervi xarajatlariga 125.0 mln.so‘m mablg‘ to‘lab berildi

- 81 nafar “Yoshlar daftari” dagi yoshlarning xaydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlani uchun jami 91 mln so‘m to‘lab berildi

- 109 nafar 311.0 mln.so‘m miqdorida yoshlarga ta’lim-kontrakt pullari to‘lab berilib xarajatlar uchun umumiy hisobda 1.1 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratib berilgan.

“Ayollar daftari” 1-2-bosqichlarida 34,2 ming nafar 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar orasida  so‘rovnoma o‘tkazilib, belgilangan mezonlarga mos bo‘lgan 4462 nafar xotin-qizlar 9 ta toifa bo‘yicha hisobga olingan.

4 ta sektor rahbarlari, tuman shtabi a’zolari, mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari hamkorligida  “Ayollar daftari” 2-bosqichiga hisobga olingan 4462  nafar xotin-qizlarga belgilangan tartib asosida tibbiy, moddiy, huquqiy, psixologik, iqtisodiy yordamlar ko‘rsatildi.

Xususan, 982 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. 134 nafar xotin-qizlar kasb hunarga o‘qitildi. 210 nafar xotin-qizlarga 2,4 mlrd so‘m imtiyozli bank kreditlari ajratildi.

1058 nafar xotin-qizlarning har biriga 490 ming so‘mdan jami 513,5 mln so‘m moddiy yordam pullari berildi.

18 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida issiqxonalar qurib berildi. 50 nafar xotin-qizlar tarixiy shaharlarga sayyohatga yuborildi.

102 nafar xotin-qizlarga pishiriq pechlari, 54 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi berildi.

452 nafar xotin-qizlarga, tibbiy, 1156 nafar xotin-qizlarga huquqiy, 809 nafar xotin-qizlarga psixologik yordamlar ko‘rsatildi.

7 nafar xotin-qizlarni uy-joyi ta’mirlanib, 7 nafari imtiyozli uy-joy bilan ta’minlangan.

4 nafar xotin-qizlarni davolanishi (operasiyasi) uchun amaliy ko‘mak berildi.


“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha

Bugungi kunga qadar “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga 705 mln so‘m mablag‘ kelib tushgan.

2021 yil1 yanvaridan 2021 yil 15 dekabr kuniga qadar “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga hisobga olingan hamda kam ta’minlangan, nogironi bor, yakka yolg‘iz, extiyojmand, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan 1754 nafar oilalar aniqlanib, ushbu oilalarga 12 turdagi jami 599,3 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari berildi.


Bundan tashqari sportning basketbol turi bo‘yicha 12 nafardan iborat viloyat qizlar jamoasining asosiy tarkibini Qo‘shtepa tumanining 10 nafar sportchi qizlari tashkil etadi. Joriy 2020-2021-yilgi mavsumda ham respublika ommaviy sport kalendar rejasida belgilangan O‘zbekiston basketbol chempionatida jamoa 1-2-o‘rinni egallab kelmoqda.

Jamoaning 5 nafar a’zolari oliy o‘quv yurtiga kirish uchun yo‘llanmaga ega bo‘lib, oliy ta’lim muassasasida taxsil olmoqdalar.

Tumandagi maktabgacha ta’lim bo‘limida 2021 yil boshida 36 ta davlat, 3 ta davlat xususiy sherikchilik, 5 ta xususiy va 64 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, 15732 nafar 3-7 yoshli bolalarning 10150 (64.5%) nafari qamrab olingan.

Bugungi kunga kelib tumanda 2 ta davlat va 31 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etildi. Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bo‘sh turgan xonalariga qo‘shimcha guruhlar tashkillandi.

Shuningdek, 10, 25, 40, 46-sonli maktabagcha ta’lim tashkilotlariga 6 ta 9-soatlik guruhlar, 7, 15, 17, 21, 31, 32 maktabgacha ta’lim tashkilotlariga maktagacha ta’limga qamrab olinmagan 6 yoshlilarni qamrab olish maqsadida 2 tadan jami 12 ta majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari tashkil etildi. 2, 4, 8, 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mobil tipdagi (konteyner) guruhlar tashkillanib, 3 tadan 12 ta 9 soatlik guruhlar tashkillandi va 15919 nafar 3-7 yoshli bolalardan 13038 nafar (81.9%) bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olindi.

Tumandagi 7 va 11-sonli (sobiq 1-MTT filiali, viloyat suv oqova balansida bo‘lgan bino) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarida “Investisiya” dasturi asosida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ta’lim tashkilotlariga qo‘shimcha 240 nafar bolalar qamrab olish rejalashtirilgan.

Ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagog texnologiyalarni tadbiq etish  va ta’lim sifatini oshirish maqsadida ta’lim tashkilotlariga 38 turdagi didaktik tarqatma jihozlar tarqatildi.

Bugungi kunda Qo‘shtepa tumanida 50 ta umumta’lim muassasalari faoliyat olib boradi. 45 ta umumta’lim maktablari hamda 2 ta ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatlari (1-IDUMI aniq fanlarga, 2-IDUMI tabiiy fanlarga chuqurlashtirilgan.) hamda

9-IDUM xorijiy tillarga, 11-IDUMI informatikaga, 20-IDUMI matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar mavjud.

Qo‘shtepa tumanida ta’lim o‘zbek tilda olib boriladi.

2021-2022 o‘quv yilida jami o‘quvchilar soni 33390 nafarni tashkil etadi.

1-sinf o‘quvchilar soni 3150 nafar;

9-sinf o‘quvchilar soni 2957  nafar;

11-sinf o‘quvchilar soni 2206 nafar.

2021-2022 o‘quv yilida ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 2262 nafar  o‘qituvchilarning 1569 nafari (69%) ayollar. oliy ma’lumotli o‘qituvchilar 2200 nafar (96%), tugallanmagan oliy 62 nafar (4%) tashkil etadi.

Malaka toifalariga ko‘ra 83 nafari oliy (3.7 %), 255 nafari  birinchi  (11.3%), 506 nafari ikkinchi (22.4%), 1418 nafari mutaxassis (62%) toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tashkil etadi.

Tumandagi umumta’lim maktablariga jami 3150 nafar o‘quvchilar 2021/2022 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul qilingan.

2021/2022 o‘quv yilida yakka tartibda 1-11-sinflarda jami 69 nafar o‘quvchilar ta’lim olmoqdalar. Jumladan, 1-4-sinflarda 31-nafar,

5-11-sinflarda 38 nafar.

2021 yilda o‘tkazilgan turli fan olimpiada tanlovlarida umumta’lim maktabi o‘quvchilarimiz munosib ishtirok etdilar. Jumladan, tumandagi 1-Aniq fanlarga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktab internatining 3-nafar iqtidorli yoshlari “KIUF” olimpiadasida g‘olib bo‘lib, KIUF xalqaro universitetiga kirish imtiyoziga ega bo‘ldilar.

2021-yilda 33275 nafar o‘quvchilar 11-sinflarni tamomladilar. O‘quvchilar orasida 11 yil davomida o‘z iqtidori va bilimi ajralib turgan 17 nafar o‘quvchilar oltin medal hamda 17 nafari kumush medal bilan taqdirlandilar.


Mahalliy hokimlik bo‘yicha

Maxalliy hokimiyat organlari faoliyatini samaradorligi va ochiqligini ta’minlash, davlat organlarining mahalliy kengash hamda jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, Qo‘shtepa tumanining ijtimoiy siyosiy hayotiga oid yangiliklar, jumladan sektor rahbarlari faoliyatiga doir ma’lumotlarni aholiga keng yetkazib borish maqsadida tuman hokimligining www.qoshtepa.uz veb sayti, telegram, Instagram, Facebook va Youtube ijtimoiy tarmoqlari faoliyati muntazam yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari fuqarolarning murojaatlari uchun @qoshtepa_murojaat_bot doimiy tarzda faoliyat yuritib kelmoqda.

Ushbu sahifalar orqali qo‘shtepaliklar yangiliklardan xabardor bo‘lib borish bilan birga tuman hokimligi, sektor rahbarlariga ham bevosita murojaat qilib o‘zlaridagi mavjud muammo va masalalarga yechim topib kelmoqdalar.

Mahalliy Kengash tomonidan hokimning hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek, tumandagi sektor rahbarlari, har chorakda adliya organi, sudlar raislari hamda hokim o‘rinbosarlarining, tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining, moliya bo‘limining, shuningdek, boshqa tashkilot va muassasa rahbarlarining hisobotlarini eshitib borishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining 8 ta doimiy komissiyalari tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlarining doimiy eshituvlari tashkil etilib borilmoqda.

Joriy yilda Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashi tomonidan 17 ta sessiyalar o‘tkazilib 111 ta masalalar ko‘rib chiqilgan. Mazkur sessiyalarda tuman hokimining tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan 10 marta, shuningdek, sektor rahbarlarining (tuman prokurori, tuman IIB, tuman DSI) har chorak yakunida hisobot va axborotlari eshitildi. Bundan tashqari tuman Adliya bo‘limining 2 marta, sudlar raislarining 9 marotaba, hokim o‘rinbosarlarining 27 marotaba, moliya bo‘limining 5 marotaba va tuman Tibbiyot birlashmasi rahbarining har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot va axborotlari eshitilib borildi.


Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi bo‘yicha

Mahalla fuqarolar yig‘inining moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Qo‘shtepa tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Karnaychi mahalla fuqarolar yig‘ini binolari hashar va xomiylik asosida Mustaqilligimizning 30 yilligi to‘yiga qurib foydalanishga topshirildi.

Ko‘prikboshi, Qayrag‘och mahalla fuqarolar yig‘inlari hashar va xomiylik asosida yangidan qurib bitkazilmoqda.

Tumanimizdagi jami 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining 7 tasi ikki xonali xonalarda, 18 tasi uch xonali xonalarda, 26 tasi 4 va undan  ortiq xonali xonalarda ish faoliyatlarini olib borishmoqda.

Joriy yilda tumandagi 13 ta (Sohibkor, Qiyqi, Do‘rmon, O‘qchi, Quvurboshi, Eshonguzar, Paxtakor, Yo‘ldoshobod, Oqtepa, Nurafshon, Langar, Solijonobod, Xalqobod) MFYlari joriy ta’mirlandi.

Tumandagi 10 ta (Fayz, Yangiariq, Qiyqi, Istiqbol, Qiziariq, Do‘stlik, Xalqobod, Quvurboshi, Solijonobod, Shodlik) mahalla fuqarolar yig‘inlari xizmat telefonlari bilan ta’minlangan bo‘lib, hozirgi kunda barcha mahalla fuqarolar yig‘ini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i ulangan.

51 ta  mahalla fuqarolar yig‘ini viloyat hama tuman mahalliy byudjetlari hisobidan kompyuter jamlanmalari va printerlar  bilan ta’minlandi.

12 ta mahalla esa Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan mebel jamlanmalari bilan ta’minlangan.


Uzoq vaqt birga yashamaslik – 25 ta

Boshqa sabablari -1 ta

Bu masalalar xar chorak yakunida faollar yig‘ilishida muhokama  qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, ijroga qaratilgan.

Jumladan:

1). Har bir o‘smir yoshlar, ularning ota – onalari bilan yakka tartibda ishlash;

2). FXDYOga, Fuqarolik sudiga oilaviy ajrim masalasida ariza  bergan oilalarni, vaqtincha arazlab o‘tirgan kelinlarni manzilli ro‘yxatlari asosida mahalla, xotin-qizlar, ma’naviyat, FXDYO, IIB hamkorligida ularni har biri bilan induvidual ishlab yarashtirish choralarini ko‘rish belgilab olindi.

4 ta fuqarolik sudiga oilaviy ajrim uchun ariza bergan oilalar, 3 ta FXDYOga ariza bergan (1.Istiqbol MFY, Murabbiylar ko‘chasida yashovchi Imomov Elbek, Isroilova Matlubaxon, 

2.Vatan MFY, Faravon ko‘chasida yashovchi Qo‘ziboyev Jaxongir, Tillavoldiyeva Moxiraxon Kattabeshkapa MFY, Zakovat ko‘chasi 335-uyda yashovchi Kimsanov Sherali, Aburaximova Nargizaxon) oilalar yarashtirilib, oilalar mustahkamligi ta’minlandi.


Hurmatli deputatlar, sessiya qatnashchilari!

Endi kelgusi 2022 yil davomida amalga oshirish lozim bo‘lgan asosiy vazifalarga to‘xtalib o‘tsam.


(Xokim yordamchilari)

Tumanimizdagi har bir mahallarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida 51 ta mahallarga “Hokim yordamchi”lari lavozimi tashkil etilmoqda.Ushbu “Hokim yordamchi”lariga biriktirilgan hududlarini rivojlantirish uchun:

Birinchidan: Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida

har bir mahallada kamida 30 ta xonadonga va 10 ta yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’yektlariga kredit ajratish uchun kredit resurslari limiti ixtiyoriga beriladi,

Ikkinchidan: Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan ishsiz tadbirkorlikka jalb qilish va o‘zini o‘zi band qilishi uchun har bir mahallaga subsidiya uchun kupon beriladi,

 Uchinchidan: Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga fuqaroni jalb qilish uchun har bir mahallaga kupon beriladi,

To‘rtinchidan:  Har bir mahallada fuqarolarni (birinchi navbatda yoshlar va ayollar) kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish uchun vaucher beriladi,

Beshinchidan: Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit, subsidiyalar, moddiy yordam va nafaqalar ajratish uchun xulosa berish vakolati beriladi,

Oltinchidan: “Ijtimoiy shartnoma”larni imzolash hamda shartnoma shartlarining bajarilishini ta’minlash vazifalari yuklatilmoqda.

Hozirgi kunda ushbu “Hokim yordamchi”larini tumandagi “Yoshlar markazi”da kelajakdagi vazifalari shuningdek, majburiyatlari yuzasidan tashkil etilgan treynerlar tomonidan kunlik o‘qitib kelinmoqda.


Investisiya dasturlari bo‘yicha

2022 yilda tumanda 81 ta investisiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati 1,7 trln.so‘mni tashkil etib, tashabbuskorlarning o‘z mablag‘i hisobidan 795,2 mlrd.so‘m, bank krediti mablag‘lari 17,4 mlrd.so‘m, xorijiy kredit liniyasi 79,2 mln. AQSH dollar, xorijiy investisiya mablag‘lari 3 mln. AQSH dollarni tashkil etadi. Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida 4230 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Loyihalar amalga oshirilishi natijasida yiliga 1,3 trln. so‘mlik mahsulotlari ishlab chiqarilishi va 182 mlrd. so‘m byudjetga qo‘shimcha mablag‘ jalb etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu loyihalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

1.Sanoat yo‘nalishida – jami 39 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 1,5 trln. so‘m, shundan tashabbuskorlarning o‘z mablag‘i 650,3 mlrd. so‘m, bank krediti mablag‘lari 4,6 mlrd. so‘m, xorijiy kredit liniyalari

76,7 mln. AQSH dollar) hisobiga 3493 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

2.Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida – jami 15 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 121,6 mlrd. so‘m, shundan tashabbuskorlarning o‘z mablag‘i 88,6 mlrd.so‘m, bank krediti mablag‘lari 5,8 mlrd.so‘m, xorijiy kredit liniyasi 2,5 mln. AQSH dollar) hisobiga 324 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

3.Hizmat ko‘rsatish yo‘nalishida – jami 27 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 96,3 mlrd. so‘m, shundan tashabbuskor o‘z mablag‘i 56,2 mlrd.so‘m, bank krediti 7,3 mlrd. so‘m, xorijiy investisiya 3 mln. AQSH dollar) hisobiga 413 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Misol uchun: “Global Textile Infinity” MCHJ korxonasining to‘qimachilik klasterini tashkil etish (xom-ashyo, bo‘yalgan mato, tayyor mahsulot) loyihasni amalga oshirish uchun, jami loyiha qiymati 1,4 trln.so‘m (shundan; 74,9 mln. AQSH dollar xorijiy kredit liniyasi) mablag‘lari o‘zlashtirilishi natijasida 2700 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Misol uchun: “Target max” MCHJ tomonidan shurup va samorez ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun, jami loyiha qiymati 22,8 mlrd.so‘mni tashkil etadi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Eksport bo‘yicha

2022 yilda dastlabgi hisob-kitoblarga ko‘ra 64,3 mln. AQSH dollar miqdorida eksportni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shundan:

-Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari –8,2 mln.AQSH dollar;

-Sanoat mahsulotlari –56,1 mln. AQSH dollarni tashkil etadi.

Tumanda eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilangan:

Birinchidan, tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport hajmini ko‘paytirish maqsadida meva-sabzavot klasterini tashkil etish orqali salohiyatli korxonalar va fermer xo‘jaliklari negizida eksport hajmini oshirish;

Ikkinchidan, eksport asosan Rossiya Federasiyasining bir qator shaharlariga hamda Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlariga amalga oshirilishini hisobga olgan holda, eksport geografiyasini kengaytirish choralarini ko‘rish orqali eksportyor korxonalarga Yevropa va xalqaro talablariga javob beradigan, sifatli mahsulotlar tayyorlash va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish;

Uchinchidan, tumanda mevani qayta ishlash sohasini kengaytirish va mazkur sohaga yo‘naltirilgan loyihalarni ishga tushirish choralarini ko‘rish hamda ushbu yo‘nalishda loyihalarni amalga oshirish istagida bo‘lgan horijiy va mahalliy investorlarni jalb etish;

To‘rtinchidan, tumanda sanoat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish choralarini ko‘rish va sanoat yo‘nalishidagi yirik loyihalar, xususan, 2020-2021 yillarda sanoat yo‘nalishida ishga tushirilishi belgilangan qiymati 331,6 mlrd.so‘mlik loyihalar doirasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishni tashkil etish.

Misol uchun:“Fergana Global Textile” MCHJ korxonasi tomonidan (kalava ip, xom-ashyo, bo‘yalgan mato, tayyor mahsulot) 2022 yilga

54 mln.dollarlik mahsulot eksport yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Tumandagi qishloq ho‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan horijiy hamkorlar bilan 2022 yil uchun eksport shartnomalarini imzolash yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Jumladan, “Isfayramsoy Export Savdo” MCHJ, “New Best Tech” MCHJ, “Yangi va Yagona” MCHJ, “Qumtepa Meva Eksport” MCHJ, “Qizilariq Uzum Savdo” MCHJ lar tomonidan horijiy hamkorlar bilan 2022 yilda qiymati

7,5 mln.AQSH dollarlik eksport shartnomalari imzolanishi ko‘zda tutilgan.


Xorijiy investisiyalar jalb etilishi

Qo‘shtepa tumanida 2022 yilda 2 ta korxona tomonidan loyiha qiymati 111,5 mln. AQSH dollar, shundan 69,2 mln. AQSH dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiya mablag‘larini o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan:

“Global Textile Infinity" MCHJ tomonidan to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun jami 108,6 mln AQSH dollar, shundan 66,8 mln. AQSH dollar xorijiy kredit liniyasi orqali o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

“Fergana Global Textile” MCHJ tomonidan sutni qayta ishlashni tashkil etish rejalashtirilgan. Jami loyiha qiymati 3 mln. AQSH dollar, shundan 2,5 mln. AQSH dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.


Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha

Gʻallachilik yo‘nalishi bo‘yicha:

Tumandagi fermer xo‘jaliklari bilan “Farg‘onadon klaster” MCHJ QK, “An nur ne’matlari” MCHJ, “Fayzli Muxammadaziz yerlari” fermer xo‘jaligi hamda “Marxamatli zamin tarovati” fermer xo‘jaligi g‘allachilik klasterlari bilan shartnomalar imzolangan bo‘lib,  2022 yil hosili uchun 8310 gektar maydonda jami 29 ming 561 tonna, shunday davlat haridi uchun 21 ming 202 tonna, fyuьchers asosida klasterga sotiladigan 8 ming

359 tonna boshoqli don mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan.

Paxtachilik  yo‘nalishi bo‘yicha:

Joriy yil tumandagi 147 ta fermer xo‘jaliklari bilan “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MCHJ paxtachilik klaster korxonasi o‘rtasida o‘zaro shartnomalar imzolangan bo‘lib, 2022 yil hosili uchun 7240 gektar maydonda 24 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan.

Chorvachilik yo‘nalishi bo‘yicha:

Tumanda 2022 yilda chorvachilikni rivojlantirish uchun 8 ta qoramolchilik, 1 ta parrandachilik loyihasi rejalashtirilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 49 mlrd.so‘mni tashkil etib, buni natija

107 nafar qo‘shimcha ishchi o‘rni yaratiladi.

Tumandagi mavjud qoramollarni zoti va mahsuldorligini yaxshilash maqsadida 21856 doza muzlatilgan buqa urug‘i sotib olinib, 14571 bosh sigir va tanalar sun’iy urug‘lantiriladi.

Tumandagi mavjud fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi 2 ming bosh qoramol va 1,7 ming bosh mayda shoxli xayvonlar identifikasiyadan o‘tkaziladi.

Irrigasiya tizimi bo‘yicha

Tumanda 2022 yilda jami 124 km xo‘jaliklararo kanallardan 18.6 km Ekskovator yordamida mexanik tozalash ishlari, 46 dona gidrotexnik inshootlarni hamda 52 dona suv o‘lchash inshootlarini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari Marg‘ilon shahri hududidan o‘tgan Irrigasiya bo‘limi tasarrufidagi Sulxtepa va Marg‘ilonsoy kanallari tozalash va 5 ming kub loyqani tashib olib chiqib ishlari amalga oshiriladi.

2022 yilda tumanda jami 145,2 km uzunlikdagi zovur tarmoqlarida ta’mirlash tiklash ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.

760 km ichki ariqlarni tozalash va fermer xo‘jaliklarini 150 dona suv olish quloqlarini ta’mirlash rejalashtirilgan.

Tumanda 2022 yilda 2350 gektar maydonga Suv tejovchi texnologiyalar joriy etish belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda pudratchi tashkilotlar hamda fermer xo‘jaliklari o‘rtasida shartnomalar imzolanmoqda.

Pillachilik yo‘nalishi bo‘yicha:

Tumandagi fermer xo‘jaliklari dala chetlariga tut ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan.

Tumanda 2022 yilda “Bir xonadonga - bir quti ipak qurti” tamoyili asosida tumanga jami 2044 quti ipak qurti urug‘i tarqatilishi hamda

116 tonna pilla homashyosi topshirish belgilangan. Xozirgi kunda fermer xo‘jaliklar hamda kasanachilar o‘rtasidagi shartnomalar tuzilmokda.

Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha:

2022 yil xosili uchun 1393 gektar avgust piyozi-sarimsokpiyoz va to‘qsonbosti usulda sabzavot ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan

786 gektar avgust piyozi va sarimsokpiyoz va 607 gektar to‘qsonbosti ekinlarni tashkil qiladi.

Tumanda 786 gektar avgust-sentyabr piyozi va sarimsoqpiyoz, 566 gektar to‘qsonbosti ekinlar, hozirgi kunda jami 1352 gektar maydonda to‘qsonbosti ekinlar ekilib parvarishlanmoqda.


Obod qishloq bo‘yicha

2022 yilda Qo‘shtepa tumanida “Obod qishloq” dasturlari doirasida Langar hamda Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘inlarini arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarni obodonlashtirish uchun dastlabki xisoblarga asosan 24.02 mlrd so‘mlik ishlar bajarilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu tanlab olingan qishloq (mahalla)larda “Temir daftar”ga 6 ta oila, “Ayollar daftari”ga 11 nafar ayollar kiritilgan. Yuqoridagilarga asosan, hudud aholisining turmush darajasini yaxshilash, ularning doimiy daromad manbalarini yaratish, qishloqlar (mahallalar)ning arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha joriy yilda quyidagi ishlar amalga oshiriladi.

Dastlabki xisoblarga asosan 24,02 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bunda, ularni moliyalashtirishga:

a) respublika byudjetidan – 18,2 mlrd so‘m;

b) mahalliy byudjetdan–3,9 mlrd so‘m;

v) tarmoq korxonalari hisobidan – 1,2 mlrd so‘m;

g) aholi va tadbirkorlar hisobidan – 698,8 so‘m yo‘naltiriladi.

Ichki yo‘llarni yaxshilash (1,09 mlrd so‘m) doirasida jami 28,7 km yo‘llar ta’mirlanadi.

Ichimlik suvi ta’minotini va oqova suv tarmoqlarini yaxshilash (7,2 mlrd so‘m) bo‘yicha jami 28 km tarmoq hamda 4 ta inshoot qurilib, rekonstruksiya qilinadi. Natijada, 7 ming nafardan ortiq aholining

(1300 dan ortiq oila) ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.

Elektr ta’minotini yaxshilash (965 mln so‘m) bo‘yicha jami 6 km elektr tarmoqlari tortiladi va almashtiriladi, 4 ta transformator va 137 ta tayan ustunlar o‘rnatiladi va almashtiriladi. Natijada, Mazkur ishlar yakunlangandan so‘ng 2 ta MFY hududida yashovchi 7 mingdan ziyod axoli iste’molchilari va ijtimoiy soxa xamda tadbirkorlik sub’yektlarini elektr energiyasi sifati yaxshilanadi.

Gaz ta’minotini yaxshilash (289,9 mln so‘m) bo‘yicha jami 68 ta gaz balloni yetkazib beriladi.

Ijtimoiy soha infratuzilmasini yaxshilash (3,64 mlrd so‘m) doirasida qishloq va mahallalarda 2 ta maktab, 1 ta tibbiyot muassasasi ta’mirlanadi.

Mahalla va madaniyat ob’yektlarini rivojlantirish (120 mln so‘m)bo‘yicha 2 ta mahalla binosi ta’mirlanadi hamda 2 ta mahalla guzarlari obodonlashtiriladi.

Transport va chiqindilar bilan ishlash infratuzilmasini yaxshilash doirasida joylarga 8 ta yangi turdagi urnalar o‘rnatiladi.

Hududlarni obodonlashtirish (260 mln so‘m) doirasida

2 ta qishloq jami 1 km piyodalar yo‘lakchasi quriladi va ta’mirlanadi, 100 ta ko‘chada tungi yoritish tizimi yaxshilanadi hamda joylarda jami 1600 tup daraxt ekiladi.


Kommunal soha bo‘yicha

Elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha

2022 yida 7,9 mlrd. so‘m mablag‘lar xisobidan, 17 dona yangi transfomator punkti o‘rnatish va 69,3 km 0,4-6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari qurish rejalashtirilgan.

Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha

2022 yilda tabiiy gaz qoniqarsiz hududlarga 350 ta maishiy gaz ballonlar yetkazib berish rejalashtirilgan.


“Open byudjet” bo‘yicha

2022 yilda reja bo‘yicha, jami 8 mlrd 686 mln. so‘m. (shundan,

1-bosqichda (yanvar-iyun) 4 mlrd 343 mln.so‘m, 2-bosqichda (iyul-noyabr) 4 mlrd 343 mln.so‘m) mablag‘lar sarflanishi belgilab olindi. Ushbu ishlar amalga oshirilishi natijasida 24 mingdan ortiq aholining dolzarb muammolari ijobiy xal etilishiga erishiladi.

Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha:

Jami 15 ta MFYdagi 21 ta ko‘chalardagi 11,5 km uzunlikdagi yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqiziladi.

Ushbu ishlarga jami 3 mlrd 475 mln.so‘m sarflanishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu ishlar amalga oshirilishi natijasida 12 mingdan ortiq aholining dolzarb muammolari ijobiy xal etilishiga erishiladi.

Suv ta’minoti bo‘yicha:

Jami 4 ta MFYdagi 5 ta ko‘chalarga 8,2 km suv tarmoqlari tortiladi.

1 dona suv qudug‘i qazish, 3 dona suv qudug‘ini tozalash, 5 dona  suv nasos o‘rnatish, 4 dona suv minorasi o‘rnatish ishlari bajariladi.

Ushbu ishlarga jami 3 mlrd 175 mln.so‘m  sarflanishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu ishlar amalga oshirilishi natijasida 5000 dan ortiq aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlanadi.

Elektr ta’minoti bo‘yicha:

Jami 12 ta mahalla fuqarolar  yig‘inidagi 16 ta ko‘chalarga 495 ta beton tayanchlar, 3,2 km elektr tarmog‘i hamda 13 dona transformatorlar o‘rnatiladi.

Ushbu ishlarga jami 1 mlrd 736 mln.so‘m sarflanishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu ishlar amalga oshirilishi natijasida 7000 dan ortiq aholining elektr energiyasi bo‘yicha muammolari ijobiy hal etilishiga erishiladi.

Aholi murojaati bo‘yicha:

Shomirza MFY hududida joylashgan “O‘zbekiston” shifokorlar uyini ta’mirlash.

Ushbu ishlarga jami 300 mln.so‘m sarflanishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu ishlar amalga oshirilishi natijasida 9500 dan ortiq aholining dolzarb muammolari ijobiy hal etilishiga erishiladi.


Ijtimoiy soha ob’yektlarida investisiya dasturini bajarilishi bo‘yicha

Qo‘shtepa tumanida 2022 yil Investisiya dasturini amalga oshirish bo‘yicha 14,6 mlrd.so‘mga 3 ta ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlarida qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirilishi uchun taklif etilishi ko‘zda tutilgan ob’yektlar. 

Jumladan:

Maktabgacha ta’limi bo‘yicha 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish ta’mirlash ishlariga jami 4,5 mlrd.so‘mmablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Xalq ta’limi bo‘yicha 2 ta  (3, 15-maktab) umumta’lim maktablarida qurilish ta’mirlash ishlariga jami 10,1 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi PQ-4898-sonli qarori bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi “Jahon bankining xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-4898-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, ushbu qarorga asosan tumanda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida nisbatan orta qolayotgan 26 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida quyidagi ishlar amalga oshiriladi.

Birinchidan, 149,3 km toza ichimlik suvi tarmog‘i yangidan tortiladi,

8 km eskirgan tarmoqlar rekonstruksiya qilinadi va 37 ta yangi suv inshootlari quriladi va 1 ta eskirgan suv inshooti ta’mirlanadi:

Ikkinchidan, 93,1 km elektr ta’minoti tarmoqlari ta’mirlanadi, shu bilan birga  58 dona yangi transformatorlar  o‘rnatiladi hamda 1170 ta tayanch ustunlari yangilariga almashtiriladi, shuningdek, tungi ko‘chalarni yoritish maqsadida jami 2070 ta yangi tayanch ustunlar o‘rnatiladi hamda ushbu tayanch ustunlarga jami 82,8 km elektr kabellar tortiladi:

Uchinchidan, 19,7 km ichki ko‘chalar asfaltlashtiriladi va 19,7 km  ichki ko‘chalar shag‘allashtiriladi. Shuningdek 11.4 km piyodalar yo‘laklari quriladi va ta’mirlanadi

Ushbu loyiha doirasida tumanga jami 15 mln. 750 ming.dollararar (165,1 mlrd so‘m) mablag‘ ajratilishi rejalashtirildi.


Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha

2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 12 noyabr kungi PF-6110-sonli farmoniga asosan Solijanobod oilaviy shifokor punkitini tiklash rejalashtirilgan.

Tumandagi 87-sonli, 88-sonli oilaviy poliklinikalari binolari ta’mirlash ishlari rejalashtirildi.

Shuningdek 2022 yilda viloyat hamda Respublika miqyosidagi tibbiyot markazlarida davolanishga muxtoj fuqorolarni saralab olinib elektron order bazasiga kritish ishlari yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi. Bu bilan tumandagi davolanishga muxtoj qatlamiga qulayliklar yaratiladi.

Shuningdek, aholini sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, 2022 yilda tumanda qo‘shimcha 3 ta sport inshootlarini bosiqchma-bosqich (stritbol, badminton va Workaut sport zali) tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuni sizlarga ta’kidlab o‘tmoqchimanki, 2022 yilga qadar tumanda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha yetkazish,

- sport tashkilot va muassasalarida shug‘ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 23 foizgacha oshirish,

- davlat sport ta’lim muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 90 foizgacha yetkazishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.

2022 yilda tumandagi 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatgichini oshirish maqsadida, 3 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini “Investisiya” dasturi asosida tamirlash xisobiga 420 nafar, 20 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish xisobiga 500 nafar, 6 ta maktabga majburiy tayyorlov guruxlari ochish xisobiga 180 nafar bolalarni qamarb olish rejalashtirilgan.

Yuqoridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali qo‘shimcha 1100 nafar bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinib, tuman ko‘rsatgichi 86 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

2022-2023 o‘quv yilida ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 2278 nafar  o‘qituvchilarning 1573 nafari (69%) ayollar. oliy ma’lumotli o‘qituvchilar 2238 nafar (98%) tashkil etishi kutilmoqda.

2022- yilda ushbu ko‘rsatkichlarda o‘sish darajasi rejalashtirilgan bo‘lib oliy toifali pedagoglar soni 169 nafarga yetib 7.4 foizga, birinchi malaka toifali pedagoglar soni 588 nafarga yetib 25.9 foizga, ikkinchi malaka toifali pedagoglar soni 780 nafarga yetib 34.4 foizga, oliy ma’lumotli pedagoglar soni 1003 nafarga yetib 44.3 foizga tashkil etilishi belgilab olindi.


Byudjet tushumi bo‘yicha

2022 yilda Qo‘shtepa tumaniga 50,0 mlrd.so‘m byudjet daromadlariga mablag‘lar tushirish kutilmoqda.

Jami soliq tushumlarining:

42,5 mlrd.so‘mi (85,0%) “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga majburiyatlarini bajarishda yaqindan yordam ko‘rsatgan holda joriy “nachisleniya” hisobidan tushiriladi;

2,0 mlrd.so‘mi (4,0%) Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda soliq qarzini undirish hisobidan tushiriladi;

1,0 mlrd.so‘mi (2,0%) kadastr ishlarini tartibga solib boshladik, qo‘shimcha ob’yektlarni hisobga olish natijasi bilan tushiriladi;

1,0 mlrd.so‘m(2,0%) savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida onlayn nazorat kassa mashinalarni tadbiq etilishi hamda alkogol, pivo va tamaki mahsulotlariga markirovkalash tizimini joriy qilishi hisobiga undiriladi;

2,0 mlrd.so‘m(4,0%) faoliyatini to‘xtatgan korxonalar faoliyatini tiklash, moliyaviy sog‘lomlashtirish, yangi investisiya loyihalarini ishga tushirish hamda ish o‘rinlarini legallashtirish hisobiga undiriladi;

1,5 mlrd.so‘mi (3,0%) yashirin iqtisodiyotni jilovlash bilan soliq bazasini kengaytirish hisobiga tushiriladi.

Hurmatli deputatlar, sessiya qatnashchilari!

Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida 2022 yil yakuni bilan:

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1116,7 mlrd so‘mga

(110,0 foizga) yoki aholi jon boshiga 5,6 mln so‘mga to‘g‘ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 2022 yilda 3,6 foizdan 3,9 foizga yetishi;

Qurilish ishlari hajmi 311,0 mlrd so‘mga (109,2 foizga) yoki aholi jon boshiga 1,6 mln so‘mga to‘g‘ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 2021 yilda 3,6 foizdan 4,0 foizga yetishi;

Jami xizmatlar hajmini 537,8 mlrd so‘mga (121,2 foizga) yoki aholi jon boshiga 2,7 mln so‘mga to‘g‘ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 2021 yilda 2,1 foizdan 2,4 foizga yetishi;

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2496,5 mlrd so‘mga (108,2 foizga) yoki aholi jon boshiga 12,5 mln so‘mga to‘g‘ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 2021 yilda 8,3 foizdan 8,8 foizga yetishi;

Eksport prognozini 64,3 mln dollarararga (142,9 foizga) yoki aholi jon boshiga 322,0 dollarga o‘sishi ta’minlanadi.


Hurmatli deputatlar, sessiya qatnashchilari!

Men sizlarni, tumanimizda joriy yilda bajarilgan va kelgusi yillardagi vazifalar bilan tanishtirib o‘tdim.

Hurmatli prezidentimiz ta’kidlaganlaridayek, mamlakatimizda har bir bajarilayotgan ishlar Inson qadri uchun amalga oshirilishi lozim. Xususan, har bir fuqaroni murojaati e’tibordan chetda qolishi mumkin emas.

Bugungi sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli tizimlar, sektorlar rahbarlari, tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari bilan birgalikda oldimizga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz hamda bajarilishini ta’minlaymiz.


E’tiborlaring uchun rahmat!