Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 110 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-12-17 20:32:44    117

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida 1-sektor hududida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha “Sektor kubogi” musoboqasi o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ham ishtirok etib, musoboqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarga tuman hokimligining diplomlari hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.



Tuman hokimi 40-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazdi va kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Soy bo‘yi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Raduga” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini shakillantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya-gigiyena qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



 “Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida chigit ekish selyakalari va tishli boronalarni mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishgan tuman rahbari tomonidan mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman “Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Tursunov rahbarligida tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda chigit ekish seyalkalari va tishli boronalarni mavsumga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Viloyat hokimining o‘rinbosari A.Tursunov va tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tuman hokimligida mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida aholining mol-mulk soliqlaridan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholining mol-mulk soliqlaridan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda tuman aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram