Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 159 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDA NAVBATDAGI PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O’TKAZILDI

×

 2021-12-16 18:12:18    121

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yilning 16 dekabr kuni Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati  tomonidan press-tur tashkil etildi. Unda OAV vakillari va blogerlar qatnashdi.





Tumanimizga uyushtirilgan Press-tur davomida jurnalist va blogerlar “Qamishtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida ish boshlagan “Hunarmandlar markazi” faoliyati bilan tanishdilar.

“Hunarmandlar markazi”da ipak va jundan gilam to‘qish, milliy matolardan adras va a’lo baxmal matosi, kashtachilik, milliy liboslar tayyorlash hamda misgarlik ustaxonalari yo‘lga qo‘yilgan.

Markazda O’zbekiston xalq amaliy san’ati ustalari Milliy katalogiga kiritilgan ipak gilam va tabiiy bo‘yoqlar ustasi Ilhomjon Davletov va uning turmush o‘rtog‘i Nargiza Sherxodjayeva tomonidan ipak gilam va milliy mato to‘qish xamda kashtachilik ustaxonalarida “Usta-shogird” an’anasi asosida 100 dan ortiq shogirdlar jalb qilingan bo‘lib, mahalliy ayollarning bandligi ta’minlanmoqda. Ayni kunda 32 nafar xotin-qizlar esa kashtachilik sirlarini o‘rganishyapti.





Nargiza Sherxodjayeva mehmonlarga markaz faoliyati, ipak gilam va kashtachilik mahsulotlarining tayyorlanish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi va tayyor mahsulotlar bilan yaqindan tanishtirdi. YEvropa va AQShda ushbu mahsulotlarga talab katta ekanligiga alohida to‘xtaldi. Qo‘l mehnati mahsuli bo‘lgan noyob ipak gilam, tabiiy bo‘yoqlardan tayyorlanayotgan hunarmandchilik mahsulotlarining turli ranglarda tovlanishi e’tiborni tortdi.





Mehmonlarimizning ikkinchi manzili “Kichik beshkapa” mahallasida hunarmandchilik faoliyatini olib borayotgan Odinaxon Nishonovaning xonadoni bo‘ldi.





Press-tur ishtirokchilar hunarmandning xonadonida bo‘lib uning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Odinaxon Nishonova 10 nafar ishchi va 10 nafar kasanachi ayollar bilan birgalikda ichki bozorga chorsi mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Hamkasblarimiz hunarmandning bugungi kundagi ish faoliyati va kelajakdagi rejalari bilan yaqindan o‘rtoqlashdilar. 




Press-turdan so‘ng ular tuman Kengashi sessyasida ishtirok etib, tuman hokimi I.Novikovning Xalqga murojaatini eshitdilar.




Sessiyadan so‘ng tuman hokimi I.Novikov, hokim o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va idora rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Jurnalist va blogerlar 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimi I.Novikovga murojaat etdilar. 




Farg‘ona viloyati ekologiya boshqarmasi Axborot xizmati rahbari G.To‘xtasinova, “EFFECT.UZ” rasmiy saytining muxbiri X.Ahmedov, bloger O.Xaydarov, “Istiqbol yo‘li” gazetasining muharriri U.Xudoyberganovalar tomonidan berilgan savollarga tuman hokimi tomonidan batafsil javob berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram