Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 226 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI QO‘SHTEPA TUMANI KENGASHINING 47-SESSIYASIDA: TUMAN HOKIMINING “AHOLIGA MUROJAATI” O’QIB ESHITTIRILDI

×

 2021-12-16 15:49:07    94

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yilning 16 dekabrida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

        Sessiyaga xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, sessiyaga aloqador tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tumanimiz faollari hamda ommaviy axborot vositalari, blogerlar taklif etildi. 




Sessiya ishini “28-Shahartepa” saylov okrugidan deputat Shavkatjon Sharapov olib bordi.

        Tuman Kengashi deputatlari orasidan Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov, “5-Qizilariq” saylov okrugidan deputat Xabibaxon Parpiyeva, “2-Eshonguzar” saylov okrugidan deputat Anvarxon Nabiyevlar prezidium a’zoligiga saylandilar.

        Deputatlar “12-Qo‘rg‘oncha” saylov okrugidan deputat Dilrabo Uzaqovani sessiya kotibligiga sayladilar.



Sessiyada Qo‘shtepa tumani hokimi Novikov Ilyos Valeriyevich 2021 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga hamda 2022 yilga mo‘ljallagan rejalari bo‘yicha Murojaatnomasini o‘qib eshittirdi.

        Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyos Novikov o‘z murojaatnomasida 2021 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga va amalga oshirilgan ishlar natijasida aholining turmush darajasini oshirish, hayotini yaxshilash borasida erishilgan yutuqlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, 2022 yil davomida belgilangan rejalarni amalga oshirish yuzasidan ilgari surilgan loyiha va takliflarni bayon etdi.

        Tuman hokimining murojaatidan kelib chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Anvarxon Nabiyev, Shavkatjon Sharapov, A’zamjon Ahmadjonov, bloger Olimjon Xaydarov va boshqa yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarining savol va takliflarini bildirdilar.

        Sessiya ishi onlayn tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatildi va ommaviy axborot vositalari tomonidan kuzatib borildi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

        Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram