Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON – UMUMIY UYIMIZ: DO’STLIK FESTIVALI

×

 2021-12-15 19:49:45    127

PDF yuklash
Chop etish



“O’zbekiston  umumiy uyimiz” shiori ostida Qo‘shtepa tumanida o‘zaro ahil, biri biriga faqat yaxshilikni sog‘inib yashayotgan turli millat vakillari milliy an’analari, urf odatlarini o‘zida mujassam etgan “Do‘stlik festivali” tashkil etildi.

Ushbu tadbir Qo‘shtepa tumani hokimligi, Madaniyat bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi hamda tuman XTB bilan hamkorlikda Do‘rmon mahallasi hududida joylashgan 10-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni 10-umumta’lim maktabi direktori T.Umarov ochib, hozirgi kunda Mustaqil O’zbekistonimiz bag‘rida 60 dan ortiq millat va elatlar hamjihatlikda yashayotganini ta’kidlab, Do‘rmon mahallasida ham turk, qirg‘iz, qozoq, tojik millatiga mansub fuqorolar ahil va inoq yashab kelayotganini aytib o‘tdi.




Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan “Assalom O’zbekiston” qo‘shig‘i yangradi. 10-umumta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan tashkillangan turli millat va elatlar ko‘rinishidagi chiqishlar tadbir ishtirokchilari va o‘quvchilarda o‘zgacha taasurot qoldirdi. Bundan tashqari 10-umumta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Gulg‘uncha” raqs ansanblining chiqishlari va tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari Sh.Tojiboyev, M.Qosimov, S.Azimov, M.Ortiqova, V.Muhammadrahimova, D.Sotvoldiyevlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram