Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 221 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-12-13 18:41:40    98

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumanda amalga oshirilayotgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda aholi xonadonlarida tok ko‘chatlari ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.



21-umumta’lim maktabida bo‘lgan tuman rahbari muassasada tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini shakillantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya gigiyena qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



 “Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida chigit ekish seyalkalari va tishli boronalarni mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishgan tuman rahbari mas’ullarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.



Fermer xo‘jaliklari tomonidan sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash hamda suvchilar uylarini ta’mirlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash, suvchilar uylarini ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tuman hokimligida mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida aholining mol-mulk soliqlaridan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholining mol-mulk soliqlaridan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda tuman aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram