Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O’TKAZILDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/7404346665828188ab7df.jpg)
2021-12-13 13:40:02 96
![](https://telegra.ph/file/7404346665828188ab7df.jpg)
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar hamda xorijiy investorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan an’anaviy tarzda haftaning har dushanba kuni “Tadbirkorlar qabuli” o‘tkazib kelinmoqda.
![](https://telegra.ph/file/fffe18a05493d66304741.jpg)
Bugun, Qo‘shtepa tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasida navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi. Qabulda ishtirok etgan tadbirkorlarning murojaatlari tuman rahbari tomonidan birma-bir tinglandi.
Qabul davomida ishtirok etgan 6 nafar tadbirkorning murojaatlarini hal etish yuzasidan soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.