Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 206 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SPORT MUSOBAQALARI VA KITOBXONLIK BELLASHUVLARI BO’LIB O’TDI

×

 2021-12-11 16:23:54    109

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5924-son, 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6099-son Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi «2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 781-son Qarori asosida mahallalarda ommaviy sport tadbirlari hamda aholi va yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

Bugun 3-sektor mas’ullarining tashabbusi bilan 2-sonli kasb-hunar maktabida Ichki ishlar vaziri sovrini uchun “Sog‘lom va barkamol oila” shiori ostida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda 3-sektor hududidagi 10 ta mahalladan sportsevar oilalar ishtirok etishdi.





Tadbir davomida tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan sektor hududidagi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” ham o‘tkazildi.

Mazkur mehnat yarmarkasiga tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 1000 taga yaqin bo‘sh (vakant) hamda kvota ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.






Sport musobaqasining ochilish marosimida tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari S.Abdullayev hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdilar.




Musobaqa ishtirokchilari “Stol tennisi”, “Quvnoq startlar”, “Shashka”, “Shaxmat” va “Badminton” sport o‘yinlari hamda kitobxonlik bo‘yicha bellashadilar.

Sport musobaqalarining yakuniy natijalari bo‘yicha hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra kitobxonlik bellashuvida Guljaxon Qaxxorova, sportning “Stol tenisi” bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Islomjon Xusanov, “Quvnoq startlar” musobaqasida Fayzullo Olimov, “Shashka” bo‘yicha Muhammadyusuf Ibroximov, Ruxshona Qodirova, “Shaxmat” bo‘yicha Asalxon Abdujabborova, Nomonjon Xazratqulov, “Badminton” bo‘yicha Muxtaram Yusupjonova, Muslima Muxammadjonovalar faxrli birinchi o‘rinni egalladilar.




Tadbir yakunida g‘oliblarga tuman 3-sektori tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram