Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SEKTOR RAHBARI VA YOSHLAR UCHRASHUVI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/323576db5a9c49079b3c4.jpg)
2021-12-11 15:08:25 132
![](https://telegra.ph/file/323576db5a9c49079b3c4.jpg)
Qo‘shtepa tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari S.Abdullayev 2-sonli kasb-hunar maktabida sektor hududidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ushbu tadbirda tumanimizdagi aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdilar.
![](https://telegra.ph/file/7bf72e66bae0a01793dd3.jpg)
![](https://telegra.ph/file/59b5bafb985d21fbe5b69.jpg)
![](https://telegra.ph/file/8fe504698b1d1242fb308.jpg)
“Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi”da 30 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Uchrashuvda tashabbuskor va faol yoshlar o‘zlarining kelajak rejalari, ularni qiynayotgan muammolar haqida ochiq-oydin gapirdilar. Berilgan savollarga sektor rahbari tomonidan atroflicha javoblar berildi.
![](https://telegra.ph/file/77b180fb763d149a31445.jpg)
![](https://telegra.ph/file/ab33019ac480d8d7cfc2c.jpg)
Shuningdek, kredit, bandlik va boshqa masalalarda murojaat qilgan 10 nafardan ziyod yoshlarning muammolarini ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.