Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 179 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-12-10 20:41:42    103

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumanda amalga oshirilayotgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda aholi xonadonlarida tok ko‘chatlari ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.



Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, tuman hokimining Qayrag‘och mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida 7 nafar fuqarolar turli masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish hamda natijalari yuzasidan tegishli tartibda javob xatlari yuborilishi yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.



Tuman rahbari 12-umumta’lim maktabida bo‘lib, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilagan tadbirda ishtirok etdi.



Qayrag‘och mahalla fuqarolar yig‘inida xomiylik asosida mahalla fuqarolar yig‘ini binosi qurish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



 “Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida chigit ekish seyalkalari va tishli boronalarni mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Katta Farg‘ona kanalining Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi qismida joylashgan aholi foydalanishidagi manan eskirgan ko‘prikni “Obod qishloq” Dasturi asosida yangidan qurish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman rahbari tomonidan mas’ul rahbarlarga olib borilayotgan qurilish ishlarini belgilangan tartib asosida sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan fermer xo‘jaliklari tomonidan sug‘orish ariqlari hamda zovurlarni tozalash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan ariq va zovurlarni tozalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tuman hokimligida mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida aholining mol-mulk soliqlardan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish hamda mahalliy soliq tushumlarini ko‘paytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Mas’ul rahbarlarga aholining mol-mulk soliqlaridan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish hamda mahalliy soliq tushumlarini ko‘paytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram