Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
«MENING PREZIDENTIM» INSHOLAR TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO’LIB O’TDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/457ddbe0cc5b527ebe71d.jpg)
2021-12-10 19:37:52 192
![](https://telegra.ph/file/457ddbe0cc5b527ebe71d.jpg)
Bugun 10-dekabr kuni tumandagi 2-IDUMIda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-yillgi munosabati bilan, O’zbeksiton Respublikasi Kasaba uyushmalari Federasiyasi hamkorligida Qo‘shtepa tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida, tasdiqlangan Nizom asosida “Mening Prezidentim” Respublika insholar ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur insholar ko‘rik-tanlovida viloyat Kasaba uyushmalari kengashining tuman vakili T.Xomidov, tuman hokimining maslahatchisi U.Xolmatov, tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Z.Tojiboyev, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qo‘shtepa tumani bo‘linmasi kengashi raisi F.O’lmasov va bir qancha ustoz-murabbiylar ishtirok etib, ushbu ko‘rik-tanlovni mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berib o‘tdilar.
![](https://telegra.ph/file/17a24b881822dad198e7c.jpg)
![](https://telegra.ph/file/d1d650670b46e4504719d.jpg)
Ko‘rik-tanlov so‘ngida tegishli qaror bilan tashkil etilgan hakamlar hay’ati tomonidan o‘quvchilar yozgan insholar tekshirildi va natijalar e’lon qilindi.
Natijalarga ko‘ra, 2-IDUMIning 11-sinf o‘quvchisi Maxmudjon Mahkamaov 1-o‘rinni, 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zarinabonu Akbarova 2-o‘rinni hamda 1-IDUMI ning 10-sinf o‘quvchisi Odinaxon A’zamjonova 3-o‘rinni egalladilar.
G’olib o‘quvchilar viloyat bosqichida tumanimiz sharafini himoya qiladilar.