Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIMNING BIR ISH KUNI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/34ac7d326f5f9a3566518.jpg)
2021-12-09 20:40:50 104
![](https://telegra.ph/file/34ac7d326f5f9a3566518.jpg)
Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumanda amalga oshirilayotgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda aholi xonadonlarida tok ko‘chatlari ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
![](https://telegra.ph/file/9054a18ccceb6bb4ce6ff.jpg)
Tuman hokimi 19-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashib, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
13-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti filialida bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
![](https://telegra.ph/file/63c80573de9e2f84eb028.jpg)
“Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida chigit ekish seyalkalari va tishli boronalarni mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman hokimligida mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida aholining mol-mulk soliqlardan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish hamda mahalliy soliq tushumlarini ko‘paytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholining mol-mulk soliqlardan bo‘lgan qarzdorliklarini qisqartirish hamda mahalliy soliq tushumlarini ko‘paytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.