Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 218 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAM TADBIRI O’TKAZILDI

×

 2021-12-07 20:17:51    105

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O’zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu tantanali bayram tumanimiz bo‘ylab barcha o‘quv dargohlari, tashkilot va muassasalarda keng nishonlanmoqda.




Qo‘shtepa tumani Maktagacha ta’lim bo‘limiga qarashli bo‘lgan 40-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yillik bayrami munosabati bilan “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” shiori ostida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.



Mazkur bayram tadbiriga muassasa tarbiyalanuvchilarining ota-onalari, mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari hamda hududdagi umumta’lim maktabi o‘qituvchilari taklif etildi.

Tadbir davomida muassasa tarbiyalanuvchilarining konstitutsiya va vatan haqida aytilgan she’rlari, shuningdek, musiqiy chiqishlari barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram