Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI

×

 2021-12-07 14:27:20    104

PDF yuklash
Chop etish



Bu yil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi barcha hududlarda keng nishonlanmoqda. 

Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida sana munosabati bilan tuman hokimligi tomonidan bayram dasturi o‘tkazildi.




Tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi. So‘ngra tuman hokimi I.Novikov barchani qutlug‘ bayram bilan muborakbod etib, konstitutsiyamizning tarixi va bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati hamda so‘ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmuni haqida to‘xtalib o‘tdi.



Tadbirda tuman prokurori M.Shomurodov ham so‘z olib, Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning demokratik huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, Bosh qomusimizning xalqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi haqida ma’lumot berdi.







Shundan so‘ng, sana munosabati bilan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Iqtidorli o‘quvchilar va Madaniyat markazining xushovoz xonandalarining musiqiy chiqishlari barchaga ko‘taringki kayfiyat bag‘ishladi.




Bayram tadbirlari tumanimizning barcha hududlarida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram