Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKORLAR QABULI: MUROJAATGA TEZKOR YECHIM
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/e39759d7fd1aea7abb5ec.jpg)
2021-12-06 11:27:33 115
![](https://telegra.ph/file/e39759d7fd1aea7abb5ec.jpg)
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida tuman hokimligi tomonidan “Tadbirkorlar qabuli” o‘tkazilib kelinmoqda.
![](https://telegra.ph/file/9fdb55c4e92b4bab3e223.jpg)
![](https://telegra.ph/file/38c1d77384035a06febfe.jpg)
Bugun navbatdagi qabul Qo‘shtepa tumanidagi Bosh vazir qabulxonasida o‘tkazildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov tadbirkorlarni qabul qildi.
![](https://telegra.ph/file/1f732c6f84784553e9680.jpg)
![](https://telegra.ph/file/fb3b3b48b2bb7f48c439e.jpg)
Qabul davomida tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, vakolatli davlat tashkilotlari va korxonalariga ko‘rib chiqilishi uchun yo‘naltirildi.