Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 181 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-12-04 20:24:38    108

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumanda amalga oshirilayotgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda aholi xonadonlarida tok ko‘chatlari ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.



23-umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

39-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini shakillantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya va gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Shomirza mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan “Kichik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, bu yerda yangi tashkil etilayotgan sanoat korxonalari loyihalarini qisqa muddatlarda ishga tushirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.



Tuman hokimi mutasaddi rahbarlar ishtirokida tuman markazida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Mas’ullarga markazda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



 “Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida chigit ekish seyalkalari va tishli boronalarni mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimligida qishloq xo‘jaligi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, shudgorlash hamda sho‘r yuvish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga boshoqli don ekinlarini parvarishlash va agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda olib borish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, shudgorlash hamda sho‘r yuvish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram