Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 185 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-12-03 21:44:33    122

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumanda amalga oshirilayotgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda aholi xonadonlarida tok ko‘chatlari ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tumanda yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ularni bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tuman Yoshlar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir guruh ijtimoiy-himoyaga muhtoj talaba yoshlarning o‘qishlari uchun shartnoma to‘lov mablag‘ini o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi. 



Tadbirda tuman hokimi hamda sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirni tuman hokimi ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tiborlari to‘g‘risida takidlab, sektor rahbarlari ishtirokida talaba yoshlarga shartnoma mablag‘lari o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar hamda 2 nafar ijtimoiy-himoyaga muhtoj xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari yetkazib berildi.



Tuman rahbari Qorajiyda mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan “Kichik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, bu yerda yangi tashkil etilayotgan sanoat korxonalari loyihalarini qisqa muddatlarda ishga tushirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, tuman hokimining Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida 6 nafar fuqarolar turli masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish hamda natijalari yuzasidan tegishli tartibda javob xatlari yuborilishi yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.



Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Obod qishloq” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari 3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tumandagi nogironligi bor shaxslar holidan xabar oldilar. Nogironligi bor shaxslarga nogironlik aravachalari yetkazib berildi.

Tuman hokimligida qishloq xo‘jaligi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, shudgorlash hamda sho‘r yuvish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga boshoqli don ekinlarini parvarishlash va agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda olib borish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, shudgorlash hamda sho‘r yuvish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Shuningdek, “Tuman prokuroturasining 2021 yil 5 noyabr kungi taqdimnomasi ijrosini ta’minlash, deputatlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish hamda bir qator masalalar” yuzasidan Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashining navbatdagi 46-sessiyasi o‘tkazilib, tegishli tartibda sessiya qarorlari qabul qilindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram