Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA TABIIY BO’YOQLARDAN NOYOB MILLIY MATOLAR TO’QILMOQDA

×

 2021-12-03 08:53:10    174

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepada tabiiy bo‘yoqlardan noyob milliy matolar to‘qilmoqda. Ipak gilam va kashtachilik mahsulotlariga YEvropa va AQShda talab katta

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda viloyat sektorlari rahbarlari Qo‘shtepa tumanidagi “Qamishtepa” MFYda ish boshlagan “Hunarmandlar markazi”da bo‘ldilar. Bu yerda ipak va jundan gilam to‘qish, milliy matolardan adras va a’lo baxmal matosi, kashtachilik, milliy liboslar tayyorlash hamda misgarlik ustaxonalari faoliyati bilan tanishdilar.




Markazda O’zbekiston xalq amaliy san’ati ustalari Milliy katalogiga kiritilgan ipak gilam va tabiiy bo‘yoqlar ustasi Ilhomjon Davletov va uning turmush o‘rtog‘i Nargiza Sherxodjayeva tomonidan ipak gilam va milliy mato to‘qish xamda kashtachilik ustaxonalarida “Usta-shogird” an’anasi asosida 100 dan ortiq shogirdlar jalb qilingan bo‘lib, mahalliy ayollarning bandligi ta’minlanmoqda. Ayni kunda 32 nafar xotin-qizlar esa kashtachilik sirlarini o‘rganishyapti.




Ilhomjon Davletov viloyat rahbariga markaz faoliyati, ipak gilam va kashtachilik mahsulotlarining tayyorlanish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi va tayyor mahsulotlar bilan yaqindan tanishtirdi. YEvropa va AQShda ushbu mahsulotlarga talab katta ekanligiga alohida to‘xtaldi. Qo‘l mehnati mahsuli bo‘lgan noyob ipak gilam, tabiiy bo‘yoqlardan tayyorlanayotgan hunarmandchilik mahsulotlarining turli ranglarda tovlanishi e’tiborni tortdi.




Markaz faoliyati bilan tanishish davomida bu yerda yosh yigitlarga misgarlik, kandakorlik, rixtagarlikni ham o‘rgatish yo‘lga qo‘yilganligiga guvoh bo‘lindi. Marg‘ilonlik mashxur misgarlar sulolasining beshinchi vakili Abduhamid Madaliyev o‘z ustaxonasini tashkil etgan bo‘lib, xorijdan tashrif buyuradigan mehmonlarga sovg‘a qilinadigan misgarlik to‘plamlarini ishlab chiqarmoqda. Viloyat hokimi ustaga yangi markaz tashkil etib, 100 nafar ustalar bilan faoliyatini kengaytirish taklifini bildirdi. Buning uchun mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram